«I.A.Varlamov davlat organlari tomonidan qabul qilingan qarorlar va ularning siyosati töğrisida işonçsiz ma’lumot tarqatgan, xorijiy manbalardan yordam olgan», deyiladi Adliya vazirligi xabarida.
«Xorijiy agent» — Rossiyada xorijdan qöllab-quvvatlanadigan yoki «çet el ta’siri» ostida bölgan şaxslarga beriladigan maqom. Qonunga köra, «xorijiy agent»lar Rossiya Adliya vazirligida röyxatdan ötişi va öz maqomini OAV va Internetdagi xabarlarda körsatişi şart.
Uşbu me’yorlar 2012 yilda, «Notijorat taşkilotlari töğrisida»gi qonunga özgartirişlar kiritilgandan keyin paydo bölgan. U xalqaro taşkilotlar tomonidan Rossiyada inson huquqlarini çeklovçi qonun sifatida tanqid qilinadi.
Ilya Varlamov 2017 yildan buyon ijtimoiy tarmoqlarda şaharsozlik, qulay infratuzilma va siyosatga bağişlangan kanallarni yuritadi. 2023 yil yanvar holatiga uning obunaçilari soni 4 milliondan oşgan. Körsatuvlari 1,3 milliard marta tomoşa qilingan.
Varlamov dunyoning köplab mamlakatlarida, şu jumladan Özbekistonda ham bölib, şaharsozlik, obodonlaştiriş, infratuzilma muammolariga bağişlangan foto va video materiallarni e’lon qilgan.
Jumladan, Özbekistonning katta şaharlari hokimlariga birgalikda sayr qilib, odamlar muammosi bilan qiziqib körişni taklif qilgani, Samarqandga sayohat qilgani, u yerda oş yegani haqida materiallarni e’lon qilgan.












