Ukraina Rossiyaga barça oğir yarador asirlarni topşirdi, ularning ahvoli olib boriş imkonini berdi, deya xabar qildi harbiy asirlar bilan işlaş böyiça muvofiqlaştiruvçi ştab. Moskva bu ma’lumotga izoh bermadi.

«Ukraina insonparvarlik harakatini amalga oşirdi va keng kölamli bosqin boşidan asirga olingan, ahvoli olib boriş imkonini bergan barça oğir yaralangan okkupantlarni Rossiyaga topşirdi», deb xabar qildi Ukraina tomoni. Qayd etilişiça, bu almaşinuv emas, balki repatriatsiya - xalqaro huquq normalariga muvofiq heç qanday şartlarsiz qaytariş. 

«Şu bilan birga, tajovuzkor davlat, muntazam ravişda xalqaro me’yorlarga e’tibor bermay, minglab Ukraina fuqarolarini, jumladan, oğir kasal va yaralanganlarni hamon garovda uşlab turibdi. Bu toifadagi barça fuqarolar, xalqaro humanitar qonunlarga köra, Ukrainaga heç qanday şartlarsiz qaytarilişi kerak», - deyiladi muvofiqlaştiruvçi ştab bayonotida.