Çilonzor tumani Çilonzor köçasidagi piyodalar yölagi qilinganiga hali töliq 3 yil bölmasdan, allaqaçon uvalanib, yaroqsiz holga kelib qolgan. Piyodalar va velosiped yurişi uçun taşkil qilingan 1 kmdan ortiq masofadagi yöldan yursangiz, oyoq kiyimingiz tuproqqa burkanadi. Velosipedlar yursa, şu qisqa masofada ham ğildiragiga zarar yetişi heç gapmas.

Bu Toşkentdagi yagona şunday holat emas. Sirğali tumani 6-daha, Yangi Bunyodobod mahallasi va unga yondoş Bunyodobod mahallasida ham 2 oydan oşibdiki, aholi köçalarida uvalanib ketgan sementdan çiqayotgan çangni yutib yaşamoqda.

Yeçimga kelinganda, kuniga 1 mahal suv sepib qöyiş va sement-şağal aralaşmalarini supurib, köça çetiga töplab qöyiş bilan kifoyalanilyapti.

Mazkur mahalla köp emas, 6 yil oldin yangidan bunyod etilgan. Bu yilgi qahratondan söng yöllar sovuqqa doş berolmay, şu ahvolga kelgan.

“Hurmatli mas’ullar, iltimos sizlardan, mahallamiz ekologiyasiga befarq bölmang. Bu ikki mahallada 12 mingdan ortiq aholi yaşaydi. Çang kiradi deb derazalarimizni havo almaştiriş uçun oçolmayapmiz. Kuniga 2 mahal suv sepib ketilyapti, lekin bu suv darrov qurib qolib, hammamiz çang-tözondan aziyat çekyapmiz. Bu çang ham emas. Uvalangan sementdan çiqayotgan ğubor. Bu soğligimiz uçun zararli.