Toşkent şahar IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi Bektemir tumanida joylaşgan «Şarq» YPX maskanida fuqaroning yonidan giyohvandlik moddasi topilganligi hamda qonuniy çora köriş uçun Bektemir tumani IIO FMBga topşirilganligi haqida ma’lum qilgan edi.
«Şarq YPX maskaniga xizmatga jalb etilgan YPX xodimlari tomonidan Onix rusumli transport vositasi töxtatilib haydovçi bilan suhbat jarayonida avtomaşinada yölovçi sifatida kelayotgan şaxs özining harakatlari bilan xodimlarda şubha uyğotdi. Xolislar iştirokida uşbu şaxs tekşirilganda kiyimlari orasiga yaşirib olgan giyohvandlik moddasi aniqlandi va tegişli tartibda Bektemir tumani IIO FMBga olib borib topşirildi» — deyiladi xabarda.
IIV matbuot kotibi Şohrux Ğiyosovning ma’lum qilişiça, OAVlarda gumonlanuvçi şaxs aynan «xonanda Şahriyor» ekanligi haqidagi axborotlar haqiqatdan yiroq.
«Bu kabi xabar tarqatiş Özbekiston Respublikasi JPKning 23-moddasida belgilangan Aybsizlik prezumpsiyasi talablarini, şuningdek Özbekiston Respublikasining Şaxsga doir ma’lumotlar töğrisidagi qonunining 14-moddasi hamda Ommaviy axborot vositalari töğrisidagi qonunning 6-moddasini qöpol ravişda buziş hisoblanadi. Ommaviy axborot vositalari va jamoatçilikdan suriştiruv va tergovga oid axborotni tarqatişlarida qonunçilik talablariga qat’iy rioya qilişlarini sörab qolamiz”.













