Toşkentning qoq markazidan 2 kilometrgina radius masofada örnatilgan önlab videokamera dislokatsiyalarini körib çiqamiz.
Eski Jöva dehqon bozori qarşisida şunday kamera bor. U haydovçilarning uzluksiz çiziqni bosişlarini intizorlik bilan kutadi, aniqlaydi va jarimaga tortilişlari uçun asos tayyorlaydi. Kameradan biroz oldingi şaroit esa umuman boşqaça – çiziqlar yöq.

Qarama-qarşi harakat tomonda yöl işoralari çizilmagan. Buning sababi esa uşbu yönalişda kamera yöq.

Uzoqqa bormaymiz. Şu turgan nuqtamizdan Sağbon köçasiga qarab 100 metr yursak, yana şu ahvol – “kamera, çiziq va çiziqsizlik” tendensiyasiga duç kelamiz. Bu köçada bunday kameralar şunçalik köpki, ayrimlarining orasidagi masofa hatto 100 metr ham çiqmaydi. Açinarlisi esa şu 100 metr oraliqda ham yöl çiziqlari faqat kameralardan keyin çizilgan.



Farobiy köçasiga tuşib olamiz. Bu yerda ham şu ahvol.

Qorasaroy köçasida ham, şu yölning Nurafşon köçasi bilan kesişgan çorrahasida ham, Kiçik halqa yöli bilan kesişgan çorrahasida ham vaziyat bir xil.



Qoronği tuşib ketdi hamki, “qaroqçi kameralar ovi”miz baroridan kelaverdi. Qani, oxiriga yetolsak...

















