Propagandaçi Vladimir Solovyovning navbatdagi şousida Margarita Simonyan ayni paytda ğarb davlatlari tomonidan muzlatib qöyilgan 300 mlrd dollardan ziyod pul evaziga Rossiya ayni damda bosib olgan Ukraina hududlarini «sotib oliş» ğoyasini ilgari surdi. Bu, albatta, aqlga siğmaydigan iş. Öziga tegişli bölmagan pulga (buni Simonyanning özi ham tan oldi: «pullarni endi bizga heç qaçon qaytarib berişmaydi baribir») nimanidir sotib olişni taklif qilişning özi asburd. Buni Putin elitasining yana bir kollektiv telbaligi namunasi deyiş ham mumkin edi, lekin bu holatda gap boşqa yerda, deb yozadi jurnalist, tarixçi, siyosatşunoslik fanlari nomzodi Aleksandr Jyelenin.

Rossiyaning asosiy davlat propaganda telekanallari rahbari «maxsus harbiy amaliyot» mavzusida davlatning eng asosiy ikki telekanalidan birida özining bevosita rahbari Vladimir Putindan ruxsat söramasdan, heç qaçon öziça çurq eta olmaydi. Tabiiyki, içki auditoriya uçun bu ğoya «Rossiyada yaşaşni istayotgan rus kişilari» haqida qayğurayotgan Simonyanning şaxsiy taşabbusi sifatida singdiriladi. Aslida, bu Ukrainada bunday istiqbolga qiziqiş bildirilişi mumkinligini sinab köriş maqsadida informatsion «suyak itqitiş»dir. Tabiiyki, bu iş sodir bölmaydi.

Birinçidan, 300 mlrd dollar şundoq ham Kiyevning çöntagida. Ikkinçidan, Ukraina öz kuçiga, öz haqiqatiga işonadi. Uning haqiqati oddiy va ravşan: unga hujum qilişdi, ön minglab fuqarolarini öldirişdi, yuzlab şahar, qişloq, sanoat va fuqarolik infratuzilma obektlarini vayron qilişdi. Endi nima böladi? Ukrainlarning qoni tökilgan bu tuproqlar şundoq berib yuborilaveradimi? Nimaning evaziga? Şundoq ham Ukraina iqtisodiyoti va infratuzilmasini tiklaş uçun işlatiladigan pullar evazigami?

Vatan uçun jang qilayotgan Ukraina qurolli kuçlarining yuz minglab askarlari uçun bunday qadam sotqinlik bilan teng bölardi. Tabiiyki, ularning boş qömondoni, bir yil ozodlik uruşi davrida milliy yetakçilikning eng yaxşi sifatlari — qattiqqölllik, qat’iyatlilik, jasurlikni namoyiş etgan prezident Volodimir Zelenskiy Ukraina armiyasining hal qiluvçi qarşi hujumi tayyorlanayotgan bir pallada şu narsaga rozi bölarmidi? Aslo!

Solovyov, Simonyan, Skabeyeva kabilarning turli şoularini yutoqib tomoşa qiladigan Rossiya TV auditoriyasi fikrlab körişi kerakki, agar Rossiya normal faoliyat körsata oladigan hukumatga ega bölganida 300 mlrd dollarlik ulkan mablağ, bunga qöşimça önlab trillion rubl ölimlik pullari Rossiya fuqarolarining farovonligi va salomatligi uçun işlatilgan bölardi. Ölim va vayrongarçiliklar uçun emas. Biroq, tarixdan köplab misollar körsatib turibdiki, örtaça odamlar uçun eng ravşan va yuzada turgan xulosalarni ham hazm qiliş oğir keçadi. Aqldan ozdirar darajadagi fitna nazariyalari, tumtaraqay ssenariylarga işoniş ular uçun osonroq.

Simonyan tomonidan tilga olingan «ezgu niyat qadamlari»ga qaytilsa, u Putin tomonidan Ukrainadagi uruşda ğalaba qozonib bölmasligi fakti tan olinganini körsatuvçi yaqqol dalildir.

Putin, allaqaçon Ilya Ilf va Yevgeniy Petrovning maşhur qahramoni Panikovskiyni eslatadi. Panikovskiy öz gumaştasi Şura Balaganovni xufiyona millioner Koreykoning bir pudli polvontoşlarini «ular oltindan yasalgan» deya kallasiga quyib, öğirlaşga undaydi. Panikovskiy öz xatosini birinçi bölib anglab yetadi, özini nimalar kutayotganini tuşunib, qölidagi temir arra bilan polvontoşni arralaşda davom etib, Balaganovga ham dalda beradi: «arralang, Şura, arralang, ular oltindan yasalgan…»

Putin ham hozir juda köp narsalarni inersiya böyiça qilmoqda — yuzlab, minglab yangi askarlarini frontga taşlamoqda, Ukraina şaharlariga qasos ilinjida va bema’nilarça raketalar yoğdirmoqda: balkim öxşab qolar, degan istiqboli noaniq işonç bilan. Lekin u bir yildan söng 2024 yilning aprelida özining umrbod hukmronligini yana bir bor çözdirib olişi kerakligini unutmagan. Yurist ma’lumotiga ega bölgan Putin formal legitimlikka katta e’tibor beradi.

Buning uçun unga ğalaba suv va havodek, imkon qadar tezroq kerak. Ğalabaning bahosi uçun u bahslaşib ham ötirmaydi. Albatta, u yuz minglab rus askarlari murdasi bilan Ukraina xandaqlarini töldirişda davom etişga tayyor, bunga şak-şubha bölmasligi kerak. Biroq, u hozir bu işni çeksiz qila olmasligini anglab yetgan. Unda çegara bor — Rossiya jamiyatida ham bunday çegara mavjud. Sanksiyalar va uruş tufayli iqtisodiy samarani ham unutmaslik kerak. 2023 yilning dastlabki ikki oyida Rossiya Federatsiyasi budjeti taqçilligi allaqaçon rejalangan yillik körsatkiçga yetgan. Uning tizimining mustahkamlik çegarasi tez orada va kutilmaganda yetib kelişi mumkin. Aytaylik, prezidentlik saylovlaridan ança oldin yoki saylovdan keyinoq.

Şu sababli, Putin Simonyanning oğzi bilan Ukrainaga öziga tegişli bölmagan pul körinişidagi beöxşov va maza-matrasiz «şirinkulça» taklif qilmoqda. Simonyan (ya’ni Putin) bir paytlar Rossiyaga tegişli bölgan bu yuzlab milliard dollar pullarni «reparatsiya» deb ataşiga ham rozi, garçi yaqindagina bu söz ularni quyuşqondan çiqarar edi.

Tabiiyki, Putinning «qamçi»si ham doim tayyor va odatdagidek, u «şirinkulça» bilan bir vaqtda işlatilişi ham mumkin. Ukraina şaharlariga raketa zarbalaridan taşqari, Putin «qamçi»si Belarusda joylaştirilgan yadroviy qurolni ham nazarda tutadi. Ukrainaga Belarus hududidan turib yadroviy zarba beriş — Kreml tomonidan jiddiy öylab körilayotgan variant bölib turibdi. Lekin, Putin bu işdan söng uning uçun ortga yöl qolmasligini anglab turganiga şak-şubha yöq. Şuning uçun mana şunday axboriy «suyak itqitişlar» bilan u özi uçun u yoki bu darajada maqbul çekiniş yöllarini qidirmoqda.

Ukrainaning bosib olingan hududlarini «sotib oliş» taklifi «maxsus harbiy amaliyot» bilan boğliq keçmişni ortga qaytariş, uruşni nima qilib bölsa-da yakunlaş, Rossiya OAVidan harbiy mavzuni olib taşlaş, tinçgina «legitim» saylovlarni ötkazib oliş va yana imkon qadar uzoqroq va bir neça yil baxtiyorlik bilan hukmronlik qilişga urinişdan boşqa narsa emas.