Çernogoriyada Rybar telegram-kanali asosçisi qölga olindi. Mixail Zvinçuk rafiqasi hamda kanalning uç nafar xodimi bilan birgalikda 9-oktabr tongida Risan şahrida uşlangan. Mahalliy Vijesti naşri maʼlumotiga köra, ularning yonida «murakkab raqamli jihozlar», şuningdek, dronlar va «elektron qurilmalar» çiqqan. Çernogoriya maxsus xizmatlari Zvinçuk va uning jamoasini bir neça kun mobaynida kuzatib borgan. OAV maʼlumotiga köra, uşbu operatsiya Rybar kanallari tarmoğining «gibrid faoliyatini töxtatiş»ga qaratilgan.

Zvinçukka qandaydir ayblov qöyilgani maʼlum emas. Huquq-tartibot organlari uşbu holat yuzasidan rasmiy izoh bermadi. Çernogoriya boş vazirii Miloyko Spaiç X ijtimoiy tarmoğida hukumat «xavfsizlik xizmatlari vakolatida qolişi kerak bölgan maʼlumotni eʼlon qiliş» niyatida emasligini maʼlum qilgan. «Ammo „Rybar“ axborot tarmoği rahbari qölga olingan bugungi muvaffaqiyatli amaliyotdan keyingi xabar juda aniq: davlat institutlari öz vazifalarini bajarmoqda, Çernogoriya öz manfaatlarini himoya qilmoqda va heç kim bizning Yevropa kelajagimizni xavf ostiga qöya olmaydi», – deya qayd etgan u.

Rybar’dagilar jamoa aʼzolari qölga olingani faktini tasdiqlagan. Telegram-kanalda joylaştirilgan postda qölga olinganlarning barçasining Çernogoriyada bölib turişi qonuniy va rasmiy bölgani taʼkidlangan. «Xususan, rasmiy sörov asosida Setinskiy monastirida tasvirga oliş işlari rejalaştirilgandi», – deyiladi xabarda. Şuningdek, qölga olinganlar tomonidan «mahalliy qonunçilikni buziş holatlari bölmagani» qayd etilib, ular tez orada ozod etilişiga umid bildirilgan. Zvinçuk çindan ham Çernogoriyaga oşkora tarzda taşrif buyurgandi – şu kunlarda u öşa yerda olgan videosini RuTube’dagi kanaliga joylagandi. Instagramdagi sahifasida esa Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Çernogoriya hukumati sanksiyalari ostida bölganiga qaramay, uşbu mamlakatga kira olgani haqida yozgandi: «Siz har doim barça çöntaklarni kavlaydigan, lekin maʼlumotlar bazasiga qaraşni unutadigan ahmoq çegaraçiga duç kelişingiz mumkin».

Rossiya hukumati hibsga olinganlarga diplomatik yordam körsatilişini vaʼda qilgan. «Diplomatlarimiz hibsga oliş sabablarini aniqlaydi va Rossiyaning har bir fuqarosi bilan bölgani kabi uning huquqlarini himoya qiliş bilan ham şuğullanadi», – dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Rossiya Xavfsizlik kengaşi rahbari örinbosari Dmitriy Medvedev esa rossiyaliklar Yevropa mamlakatlarida «bekorga izğib yurgani»ni aytdi va Rossiyada yevropaliklar va xorijliklarni «ayirboşlaş fondi»ni şakllantirişga çaqirdi.

Rybar – Rossiyadagi eng maşhur telegram-kanallardan biri bölib, bir yarim milliondan ortiq obunaçiga ega.