Jo Bayden ma’muriyatining bunday ssenariyni bartaraf etişga urinişlariga qaramay, fevral oyida AQŞ uzra uçib ötgan Xitoy havo şari Qöşma Ştatlarning bir qator maxfiy harbiy obektlaridan razvedka ma’lumotlarini töplagan. Bu haqda 3 aprel, duşanba kuni NBC News telekanali AQŞning ikki yuqori martabali amaldori va bir sobiq ma’muriyat xodimiga tayanib ma’lum qildi.
Ularning sözlariga köra, havo şari bir qança obektlar ustidan uçib ötgan (ba’zi hollarda - sakkiz raqamli trayektoriya böylab) va töplangan ma’lumotlarni real vaqt rejimida Pekinga uzatgan, deb yozadi kanal.
Şu bilan birga, AQŞ Mudofaa vazirligi Xitoy apparati real vaqt rejimida XXRga razvedka ma’lumotlarini uzatişga muvaffaq bölganini hali tasdiqlay olmadi. Pentagon vaziyatni tahlil qilişda davom etmoqda, deya Reuters agentligi idora rasmiy vakili Sabrina Singxning sözlaridan iqtibos keltirgan.
Razvedka ma’lumotlari asosan qurol tizimlaridan yoki baza xodimlari aloqalaridan olingan elektron signallardan iborat bölgan, lekin tasvirlar kuzatilmagan.
Şu bilan birga, Amerika tomoni bir neçta potensial razvedka nişonlarini harakatga keltirgan va ma’lum darajada havo şarlari tizimlarining elektr signallarini qabul qiliş qobiliyatini bloklaşga muvaffaq bölgan, deb yozadi NBC News.
15 fevral kuni The Washington Post (WP) gazetasi öz nomini oşkor qilmaslikni söragan bir neça amerikalik mulozimlarga tayanib, amerikalik harbiylar Xitoy havo şari uçirilganidan buyon uning yönalişini kuzatib borganini xabar qildi.












