Rossiyadagi har oltinçi iş beruvçi mehnat migrantlarini yollamoqda. Bu haqda Headhunter tadqiqotiga tayanib TASS xabar berdi.
Sörov natijalariga köra, respondentlarning 16 foizi mehnat migrantlarini işga qabul qilgan. 76 foiz hollarda bunday iş beruvçilar oyiga 10 kişigaça yollamoqda. Kompaniyalarning 13 foizi 20 nafargaça xorijlik işçini qabul qilişga tayyor.
Qayd etilişiça, rossiyalik iş beruvçilar köpinça Özbekiston (56 foiz), Tojikiston (55 foiz) va Qirğiziston (53 foiz) fuqarolarini işga olyapti.
Avvalroq, sönggi olti oy içida köpçilik iş beruvçilar xodimlarni bir yarim baravar köproq izlay boşlagani xabar qilingandi.
Ta’lim va fan, şuningdek, tibbiyot va energetika sohalaridagi kompaniyalar xodimlarining yetişmovçiligiga duç kelgan.












