"Innovatsion hududda hokim, viloyat, tuman rahbarlari aholi va tadbirkorlarga şaroit yaratiş böyiça har kuni yangilikka intilişi, dunyoqaraşi va yondaşuvlari özgarişi kerak. Şunda odamlarning ongi, dunyoqaraşi özgaradi, innovatsion va işbilarmonlik muhiti şakllanadi", dedi prezident. 

Ma’lum qilinişiça, viloyatni innovatsion hududga aylantiriş uçun qaysi davlat tajribasini olib keliş böyiça köp öylangan.

Nihoyat, Özbekistonga transport-logistika jihatdan eng yaqin va eng yirik davlat sifatida Xitoy tanlangan. Davlat rahbari bu qarorning sabablariga ham töxtaldi. 

Oxirgi yillarda Xitoy:

  • sanoat, qişloq xöjaligi, ta’lim va tibbiyotda misli körilmagan yutuqlarga erişdi; 
  • ilm, innovatsiya, muhandislik, elektro-texnika, roboto-texnika va Ay-Ti yönalişlarida tajribasi katta;
  • 150 milliard dollarlik oziq-ovqat va tekstil bozori bor; 
  • xitoylik investorlarning ham viloyatga qiziqişlari katta; 
  • oxirgi olti yilda Xitoylik investorlar bilan birga, Şirin şahri, Mirzaobod va Sirdaryo tumanlarida 60 dan ortiq yirik sanoat korxonalari iş boşlagan.

Viloyatga 2022 yilning özida 250 million dollardan ziyod Xitoy investitsiyalari jalb qilingan. Bu viloyat investitsiyasining deyarli 90 foizi.