«Hozirda duşman kemalari guruhi Qrimning janubi-şarqiy qirğoqlari yaqinida manyovr qilayotgan 9 ta kemadan iborat, — deyiladi «Yug» operativ qömondonligi hisobotida. — Kuçli böron tufayli Qora dengizdagi barça raketa taşuvçilar tayanç punktlariga qayta olib ketildi». 

Hisobotda qayd etilişiça, raketa zarbalari yoki uçuvçisiz uçiş apparatlari yordamida hujumlar uyuştiriş xavfi hamon istisno qilinmayapti. Ukraina Qurolli kuçlari oxirgi kunlarda havoda duşman faolligi sezilarli darajada oşganini kuzatyapti. 

Şuningdek, janubiy mudofaa kuçlarining javobgarlik zonasida operativ vaziyat keskinligiça qolayotgani, biroq nazorat ostida ekanligi körsatilgan. 

Avvalroq «Yug» qömondonligi Rossiyaning Qora dengizdagi kemalar guruhi soni 10 birlikkaça qisqartirilgani töğrisida xabar bergandi. 

Uning ma’lumotlariga köra, tayanç punktlariga suvusti raketa taşuvçilar keltirilgan, ikkita suvosti kemasi dengizda, «Kalibr» raketalarining baravariga umumiy öq otişi - 8 birlikkaça.