Xitoy rahbari Si Jinping Ukraina böyiça mojaroni faqat siyosiy yöl bilan hal qiliş mumkinligiga işonçi komil. Bunday yeçim şartlarini kelişiş uçun barça tomonlar uçraşişi kerak, dedi Si 7 aprel, juma kuni Xitoyning Guançjou şahrida Xitoyda bölgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan keçki ovqat paytida.
Avvalroq Xitoy va Fransiya Makronning taşrifi yakunlari böyiça qabul qilingan qöşma deklaratsiyada Ukraina böyiça mojaroda tinçlikka erişiş yölidagi qadamlarni qöllab-quvvatlaşlarini ma’lum qilgan edi. Yelisey saroyi veb-saytida 7 aprel kuni e’lon qilingan hujjatda: «Ikkala tomon ham xalqaro huquq, BMT Nizomining maqsad va tamoyillari asosida Ukrainada tinçlik örnatiş yölidagi har qanday sa’y-harakatlarni qöllab-quvvatlaydi», deyiladi.
Ikki davlat rahbarlari qöşma bayonotida Xitoy va Fransiya atom elektr stansiyalari va boşqa tinç maqsadli yadroviy obektlarga qurolli hujumlarga qarşi turişi, Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlikni (AEXA) atom energiyasining işonçliligi va xavfsizligini mustahkamlaşda konstruktiv rol öynaşga qaratilgan sa’y-harakatlarini qöllab-quvvatlaşini ta’kidladi.













