Rossiya poytaxtida Şimoliy kavkazliklar soxta röyxat tufayli Markaziy Osiyodan kelganlar bilan ommaviy muştlaşuv uyuştirdi. Bir kişi piçoqlandi, deb xabar berdi Baza.
Mojaro Zelenodolskaya köçasida yuz bergan. Özbekistonlik uç nafar muhojir, tojikistonlik va turkmanistonlik tanişlari bilan soxta registratsiyani amalga oşirgan kavkazliklardan pullarini qaytarib oliş uçun borgan. Tomonlar örtasida oğzaki janjal ommaviy muştlaşuvga aylangan.
Özbekiston fuqarosining qorniga piçoq urilgan, u kasalxonaga yotqizilgan. Uning ismi-şarifi va ahvoli haqidagi ma’lumotlar xabarda keltirilmagan.
Muştlaşuv oqibatida 15 kişi — Özbekiston, Tojikiston, Turkmaniston fuqarolari, şuningdek, Çeçeniston, Doğiston va Kabardin-Bolqor fuqarolari politsiyaga olib ketilgan.
Özbekistonning ikki fuqarosiga nisbatan mayda bezorilik va Rossiya hududiga kiriş qoidalarini buzganlik uçun bayonnoma tuzilgan.












