Rossiya Ukraina kompaniyasiga Qrimdagi mulki musodara qilingani uçun tovon puli tölaşi kerak. Kreml Rossiya arbitraj qarorini qayta körib çiqişini aytdi. 

Haagadagi arbitraj sud RFga 2014 yilda Qrimning Rossiyaga qöşib olinişi natijasida Ukraina milliy kompaniyasiga yetkazilgan zarar uçun «Naftogaz»ga 5 milliard dollar tovon tölaş majburiyatini yukladi, deb xabar berdi «Naftogaz» boş direktori Aleksey Çernişev Facebook’da 13 aprel, payşanba kuni. 

«Gap gaz konlarini özlaştiriş va boşqa strategik ahamiyatga ega infratuzilmani rivojlantirişga yönaltirilgan aktivlar tölovi haqida bormoqda, u töqqiz yil avval Ukraina yarimorolini bosib oliş çoğida tajovuzkorning asosiy nişonlaridan biriga aylangan», — deb yozadi u. 

«Naftogaz» matbuot xizmati ta’kidlaşiça, agar Rossiya hukumati sud qarorini ixtiyoriy ravişda ijro etişdan boş torsa, 1958 yildagi Nyu-York konvensiyasiga köra, «Naftogaz» sud qarorini ijro etiş jarayonini Rossiya aktivlari joylaşgan davlatlar hududida boşlaş huquqiga ega.

Haaga sudi 5 milliard dollarlik körsatkiç «Naftogaz» aktivlarining Rossiya tomonidan musodara qilinişidan oldingi qiymatini adolatli aks ettirganini aniqladi. Qayd etilişiça, bu Ukraina kompaniyasiga Haagadagi arbitraj tomonidan Rossiyaning Qrimdagi aktivlarini ekspropriatsiya qilgani uçun kompensatsiya sifatida berilgan eng katta summadir. 

2019 yilda Haagadagi arbitraj sudi Rossiya «Naftogaz»ning Qrimdagi mulkini noqonuniy ravişda musodara qilganini tan oldi va 2022 yilda tovon miqdori böyiça eşituvlarni boşladi. «Naftogaz» 10 milliard dollar talab qilgan.