13-aprel kuni Samarqandda Özbekiston raisligida Afğonistonga qöşni davlatlar törtinçi vazirlar uçraşuvi bölib ötdi. Tadbirda Özbekiston, Eron, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Xitoy taşqi siyosat idoralari rahbarlari iştirok etdi.
Tadbirda tomonlar Afğonistondagi mavjud vaziyat, Tolibon tomonidan jahon hamjamiyatining asosiy talablari – inklyuziv hukumat yaratiş, afğonistonlik ayollarning mehnat va ta’lim oliş imkoniyatini hamda milliy ozçiliklarning huquqlarini ta’minlaş kabi talablarning bajarilişi muhokama qilingan.

Şuningdek, Afğoniston xalqiga gumanitar yordam körsatiş va mamlakat milliy iqtisodiyotini tiklaşga qaratilgan birgalikdagi harakatlar mexanizmini işlab çiqiş zarurligi ta’kidlandi.
Xalqaro terrorizm, giyohvand moddalar işlab çiqariş va ularning kontrabandasiga qarşi kuraşda Afğonistonga qöşni davlatlarning çora-tadbirlarini kuçaytiriş muhimligi ta’kidlandi.
Markaziy va Janubiy Osiyo örtasidagi mintaqaviy özaro boğliqlikning asosiy omili sifatida Afğoniston salohiyatini röyobga çiqarişga kömaklaşiş muhimligi qayd etildi.
Şu nuqtai nazardan, tomonlar Afğoniston hududida qöşni davlatlar iştirokida nafaqat yangi iş örinlari yaratiş, balki bu mamlakatning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga yanada faol integratsiyalaşuvga xizmat qiluvçi infratuzilma va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oşiriş tarafdori ekanliklarini bildirgan.
Samarqandda, şuningdek 14-aprel kuni Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Taşqi işlar vazirlari kengaşining yiğilişi ham bölib ötdi.

MDHga a’zo davlatlar taşqi işlar vazirlari hamda MDH Boş kotibi Sergey Lebedev iştirok etgan uçraşuvda taşkilot doirasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada faollaştiriş, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almaşilgan.
«Özbekiston tomoni prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Hamdöstlik doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlik, sanoat va texnologik kooperatsiya, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirişga qaratilgan taşabbuslarini amalga oşiriş böyiça kelgusidagi sa’y-harakatlar muhimligini ta’kidladi. Raqamli transformatsiya, yaşil iqtisodiyot, turizm va yoşlarni rivojlantiriş böyiça yangi qöşma loyihalarni amalga oşiriş dolzarbligi ta’kidlandi” – deyiladi Özbekiston TIV xabarida.
Yiğilişda MDHga a’zo davlatlarning köp bosqiçli taşqi işlar vazirliklari örtasida Maslahatlaşuvlar rejasi hamda 2022-yilda Hamdöstlikka a’zo davlatlar taşqi işlar vazirliklari örtasidagi şeriklikni kengaytiriş böyiça Harakatlar dasturi ijrosi yuzasidan axborot eşitildi.
Hamdöstlikka a’zo davlatlar Hukumatlar rahbarlari kengaşi va Davlat rahbarlari kengaşi tomonidan körib çiqiş uçun kiritiladigan hujjatlar, şu jumladan Samarqand şahrini 2024-yilda Hamdöstlikning Madaniyat poytaxti, Toşkent şahrini esa MDH Yoşlar poytaxti deb e’lon qiliş böyiça hujjatlar loyihalari körib çiqildi va tasdiqlandi.
Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Taşqi işlar vazirlari kengaşining navbatdagi yiğilişini 2023-yil oktabr oyida Bişkek şahrida (Qirğiz Respublikasi) ötkaziş töğrisida qaror qabul qilindi.

Bundan taşqari, 14-aprel kuni Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya taşqi işlar vazirlarining oltinçi uçraşuvi ham bölib ötgan. Lekin Özbekiston taşqi işlar vazirligi uşbu uçraşuv tafsilotlarini oçiqlamadi.












