Finlandiyaning Rossiyadagi elçixonasi uçta xat kelib tuşgani, ulardan birida oq kukun borligi sababli Rossiya Taşqi işlar vazirligiga murojaat qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. 

Qayd etilişiça, xatlar elçixona binosiga 13 aprel kuni yetkazilgan. Ulardan birinçisini oçiş paytida oq kukun aniqlangan. Şundan söng, qolgan konvertlar oçilmasdan qoldirilgan. Xatlarni kim yuborgani noma’lum. 

«Finlandiya Taşqi işlar vazirligining xavfsizlik qoidalariga muvofiq, uşbu maktublar Rossiya rasmiylariga topşirildi, ular uşbu masalani qöşimça örganmoqda», deyiladi Finlandiya elçixonasi xabarida. 

Diplomatik departamentning ta’kidlaşiça, ular voqeadan söng darhol Rossiya Taşqi işlar vazirligiga murojaat qilgan. 

Avvalroq Fransiyaning Moskvadagi elçixonasiga suyaklar solingan jönatma yuborilgani xabar qilingandi. Qutini skanerlaş vaqtida uning içidan mayda hayvon yoki quş suyaklari topilgan. Ular qutini oçmay, elçixona taşqarisiga olib çiqqan. Jönatma Qrimning Sudak şahridan yuborilgani aniqlangan.