Bu qonunda axloqiy qadriyatlar aks etgan

Bu qonun axloqimizga zid tuşunçalarning haqiqatda zid ekanligini qonun darajasida belgilab beryapti. Bunda qoralanayotgan narsalar, ya’ni qizlarning ortidan ta’qib qiliş, qöpol sözlar aytiş, ojizlarga nisbatan zöravonlik, bolalarni uriş, jinsiy zöravonlik, oiladagi zöravonlik, iqtisodiy, ruhiy bosimlar — bularning heç qaysi birini özbek mentaliteti qabul qilmaydi. Xalqimiz — dono xalq. Asrlar davomida mehr-oqibat, bolajonlik, er-xotin munosabatlaridagi mehr-muhabbat haqida gapirib kelinadi, yoşligimizdan uqtiriladi. Ba’zilar oilaviy munosabatlarga ham davlat aralaşadimi, öz xotinimni urolmaymanmi, degan gaplarni aytişyapti. Nega öz xotinini urişi kerak, u ham şaxs-ku. Ota, aka, uka, öğil sifatida öylab körişlari kerak. Zöravonlik avj olayotgan jamiyatga qanday öz yaqinlarini qöyib yuborişadi?

Jamiyatni rivojlantiriş, tozalaş, insoniy munosabatlar darajasiga olib çiqiş kerak. Bu qonun esa aynan şuning uçun xizmat qiladi. Köçada zöravonlik bölsa, huquq organlariga murojaat qilinadi. Nega endi oilada şunday bölsa, murojaat qilmaslik kerak? Axir u yerda odamlar bir-biriga işonadi, ojiz tomonlarini biladi. Ertaga birga hayot keçiradi. Mana şunday şaroitda qilingan zöravonlikning ijtimoiy oqibatlari oğir böladi. Nimaga biz buni zöravonlik deb hisoblamaymiz? Oilada farzandlar ösadi, ular ertaga şu zöravonlik zanjirini davom ettirişi mumkin. Ya’ni endi tuşuniş kerakki, oiladagi zöravonlik bu — jinoyat.

Iqtisodiy, ruhiy zöravonliklar jiddiy muammolarga olib kelişi mumkin edi

Özimga murojaat qilgan köp ayollarni köraman: doriga, oddiy yölkiraga puli bölmaydi. Yillar davomida ota-onasini körolmaydi. Emizikli ayol nonga pulim yöq degan murojaatlarni ham körganman. Bugungi kunda, Özbekistonda nonga ham puli bölmaslik — qabul qilib bölmaydigan holat. Iqtisodiy zöravonlik böladi bu. Bu narsa boşqa jinoyatlarni, noxuş holatlarni keltirib çiqaradi.

Ruhiy zöravonlik. Sergeli voqeasini oladigan bölsak, şu holatda ruhiy zöravonlik bölmagan, deya olamizmi? Ayol uç farzandini şunday qilişini ona sifatida tasavvur qilolmayman. Şu holatgaça borişi uçun ruhiy zöravonlik bölgan deb öylayman. Bunday holatlarni birinçi marta körib turganimiz yöq. Ya’ni ruhiy zöravonlik ahamiyatini pasaytirib körsatiş kerak emas, bu jiddiy holatlarga olib kelişi mumkin bölgan zöravonlik.

Bu jamiyatga tarbiya böladi

Jinsiy zöravonlik sodir etgan mahbuslarni muddatidan oldin ozod qiliş yöqotilyapti. Buni qöllab-quvvatlayman va olqişlayman. Bu jamiyatga ham tarbiya böladi. Jazoni kuçaytiriş haqida aytiladi, lekin öylaymanki, jazoni kuçaytirişdan ham köra uning muqarrarligi ta’sirliroq. Jinsiy jinoyat qildimi, bir insonning hayotini butunlay özgartirdi degani. Nega endi bunday holatda jazoning bir qismi ötalişi kerak? Buni körgan boşqa zöravonlar ham yaxşi xulosa çiqarmaydi. Ertaga bu yomon oqibatlarga olib keladi. Şuning uçun ham axloqiy qadriyatlar aks etgan qonun deb bilaman. Buni kafolat bilan baland ovozda ayta olaman.