Qonunçilik palatasi majlisida «Avtomobil yöllari töğrisida»gi qonun loyihasi birinçi öqişda konseptual jihatdan körib çiqildi.

Qonun loyihasi bilan «avtomobil yöllarini rejalaştiriş» mexanizmi joriy etilib, yöl infratuzilmasini aholi va iqtisodiyotning ösib borayotgan ehtiyojlariga mos ravişda rivojlantiriş nazarda tutiladi. Yöllarni loyihalaştirişda aholi fikri va atrof-muhitga ta’sirini inobatga oliş hamda piyodalar uçun tösiqsiz muhitni yaratiş böyiça qat’iy talablar örnatiladi.

Şuningdek, qonun loyihasiga kommunikatsiya tarmoqlarini qurişda yöllarning avvalgi holatini tiklaş xarajatlarini qoplaş şarti kiritilmoqda. Yöllarda katta hajmli va oğir vaznli transport vositalarining harakatlanişi tartibga solinmoqda. Ajratilgan va yöl böyi mintaqalarida xizmat körsatiş obektlarini joylaştirişga oid talablar belgilanmoqda.

Qonun loyihasining yana bir jihati, bu pulli yöllar tarmoğini barpo etişning huquqiy asoslari bölib, uşbu yönalişda investorlarga imtiyozlar taqdim etiladi.

Uşbu qonun loyihasi sohada davlat boşqaruvini yanada takomillaştiriş, yöl sifatini yaxşilaş orqali mavjud avtomobil yöllari tarmoğini uzoq vaqtgaça soz holda saqlab turiş, pulli yöllar tarmoğini barpo etiş hamda sohaga investitsiyalarni, şu jumladan töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilişga qaratilgani ta’kidlanmoqda.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinçi öqişda qabul qilindi.