Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi (MXQ) mamlakat fuqarolarining Ukraina hududidagi uruşda iştiroki böyiça 10 ta jinoiy iş tergovini olib bormoqda. Bu haqda KazTAG naşri departament matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

MXQ boşqa tafsilotlarni, jumladan, iş böyiça ayblanuvçilar haqida ma’lumotlarni oşkor qilmagan. Qozoğiston fuqarolari kim tarafda jang qilgani ham ma’lum emas.

Qozoğiston Jinoyat kodeksiga köra, xorijdagi qurolli mojarolarda qatnaşiş 5 yildan 9 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

2022 yil sentabr oyida Vladimir Putin Rossiya Qurolli Kuçlari va «boşqa qöşinlar» tarkibida xizmat qiliş uçun şartnoma imzolagan xorijliklar Rossiya fuqaroligini soddalaştirilgan tartibda olişi mumkinligi haqidagi qonunni imzolagan edi.

Avvalroq, «Azattiq» radiosi «Vagner» XHK tarkibida Rossiya tomonida Ukrainada jang qilgan bir neça Qozoğiston fuqarolari haqida xabar berdi. Naşrning qayd etişiça, ular orasida köngillilar ham bor.