«Yettilik guruhi» davlatlari Yaponiyaning Karuizava şahrida bölib ötgan yiğilişda Rossiya va Xitoy agressiv harakatlariga qarşi aniq pozitsiyasini e’lon qildi. G7 taşqi işlar vazirlari tomonidan 18 aprel, seşanba kuni qabul qilingan yakuniy bayonotga köra, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişini qöllab-quvvatlovçi davlatlar buning uçun «yuqori narx» tölaydi. Uçraşuv iştirokçilari «Rossiyaga uçinçi davlatlar tomonidan qurol yetkazib berilişi oldini oliş böyiça muvofiqlaştirişni kuçaytirişga» va’da berdi.
Sanoati darajasi yuqori bölgan davlatlar Taşqi işlar vazirliklari rahbarlari Moskvaning Belarusda taktik yadro qurolini joylaştiriş tahdidini keskin qoralab, uni «qabul qilib bölmaydigan» deb atadi. «Rossiya tomonidan kimyoviy, biologik yoki yadroviy qurollardan har qanday foydalaniş dahşatli oqibatlarga olib keladi», deyiladi hujjat matnida.
Şu bilan birga, G7 Ukrainadagi uruş uçun sanksiyalarni yanada kuçaytirişga tayyorligini bildirdi. «Biz Rossiyaga qarşi sanksiyalarni yanada kuçliroq qilişda qat’iymiz», — deyiladi bayonotda. Yiğiliş iştirokçilari Rossiyani Ukrainadan barça qöşinlarini zudlik bilan va sözsiz olib çiqib ketişga çaqirdi va Kiyevni mamlakatni qayta tiklaşda qöllab-quvvatlaşni davom ettirişga va’da berdi.
G7 vakillari Pekin rasmiylarini Janubi-Xitoy dengizida keskinlikni qözğatayotganlikda aybladi. «Xitoyning Janubi-Xitoy dengizidagi keng kölamli da’volari uçun qonuniy asos yöq va biz Xitoyning mintaqadagi militaristik faoliyatini qoralaymiz», dedi ular ikki kunlik uçraşuvlardan söng. Bayonotda, şuningdek, G7 davlatlarining Tayvanga nisbatan asosiy pozitsiyasi özgarmasligi ta’kidlanadi.
G7 taşqi işlar vazirlari, şuningdek, bayonotida Şimoliy Koreyani yadroviy qurol yoki ballistik raketalarni har qanday sinovdan ötkazişdan tiyilişga çaqirdi. Ular Şimoliy Koreyaning yangi raketa sinovlariga «tezkor, birlaşgan va hal qiluvçi xalqaro javob» bilan tahdid qilişdi.
«Katta yettilik» taşqi siyosat idoralari rahbarlarining uçraşuvi Xirosimada may oyida bölib ötadigan G7 sammiti oldidan ötkazildi.












