Tayvan Qöşma Ştatlardan kemaga qarşi 400 tagaça Harpoon raketalarni sotib olişni rejalaştirmoqda. Taybey buni Xitoy bosqini xavfi ortib borayotgan bir şaroitda amalga oşiradi, deb xabar berdi Bloomberg.
7 aprel kuni Pentagon kemaga qarşi 400 ta raketani sotiş böyiça şartnoma imzolaganini ma’lum qildi. Bitim qiymati 1,17 milliard dollarni taşkil etdi, biroq AQŞ şartnoma aynan kim bilan tuzilganini ma’lum qilmadi. Bloomberg manbalarining aytişiça, bu şerik — Tayvan.
Pentagon ma’lumotlariga köra, raketalarni işlab çiqariş 2029 yil martigaça yakunlanişi rejalaştirilgan.
AQŞ rasmiylari kelişuv böyiça batafsil izoh berişdan boş tortdi. Biroq, Tayvan böyiça alohida bayonot berdi.
«Qöşma Ştatlar Tayvanga özini-özi mudofaa qiliş qobiliyatini yetarli darajada uşlab turiş uçun zarur bölgan mudofaa mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etmoqda», deyiladi bayonotda.
Şu oyda AQŞ Kongressi Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkarti Kaliforniyada Tayvan prezidenti Tsay In Ven bilan uçraşdi va Xitoydan kelayotgan tahdidlar ortib borayotgan şaroitda Tayvanga qurol yetkazib berişni tezlaştiriş zarurligini ta’kidlagan edi.
Tayvan Xitoy faolligidan doimiy ravişda xavfsiraydi. Mamlakat taşqi işlar vazirligi Pekin Taypeyga uruş e’lon qilişini va «aslida öziniki» deb hisoblagan hududlarni tortib olişni rejalaştirayotganini ta’kidlab kelmoqda.












