AQŞ va Ukrainaning boşqa asosiy ittifoqçilari Rossiyaga deyarli barça tovarlarini eksport qilişni taqiqlamoqçi, deb yozdi Bloomberg.
Naşr manbalariga köra, bu ğoya «Katta yettilik»ka kirgan davlat hokimiyati vakillaridan iborat guruhda muhokama qilinmoqda. May oyida Yaponiyada bölib ötadigan G7 sammitida Yevropa Ittifoqiga a’zo bölgan barça davlatlarni uşbu taşabbusga jalb etiş rejalaştirilgan.
Agar bu taklif qabul qilinsa, u Rossiyaga qarşi sanksiyalar rejimini butunlay özgartiradi. Ya’ni, faqat ma’lum tovarlar eksportiga ruxsat beriladi, qolganlari esa taqiqlanadi. Ruxsat etilgan mahsulotlar röyxati, ehtimol, tibbiy va qişloq xöjaligi mahsulotlari bölişi mumkin.
Rossiyaga qarşi sanksiyalar Yevropa Ittifoqi davlatlarining bu mamlakatga eksportini deyarli yarmiga qisqartirdi. Şunga qaramay, Rossiya hanuz Yevropa, AQŞ, Kanada va Yaponiyadan 66 milliard dollarlik mahsulot olmoqda. Öz navbatida, Rossiya Yevropa Ittifoqiga eksportini çeklab qöydi va vaqti-vaqti bilan elektr energiyasi yetkazib bermoqda.












