Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy “Geografik nomlar töğrisida”gi qonunni imzoladi, unga köra Rossiya va uning arboblari bilan boğliq geografik obektlarga nom beriş taqiqlanadi. Tegişli ma’lumot 21 aprel, juma kuni Ukraina Oliy radasi saytida paydo böldi.

Qonun geografik obektlarga "Rossiyani yuksaltiruvçi, abadiylaştiruvçi, tarğib qiluvçi" nomlar berişni taqiqlaydi.

Xususan, gap Rossiya yodgorlik joylari, sanalari, voqealari, Ukrainaga yoki boşqa davlatga qarşi tajovuzni amalga oşirgan şaxslar, şuningdek, totalitar sovet va Rossiya tuzumlarini, şu jumladan, ukrainaliklarni tanqid qilgani uçun ta’qib etiş bilan boğliq totalitar siyosat va amaliyot haqida ketmoqda. 

Qonunni Rada körib çiqişi uçun taqdim etgan ukrainalik parlamentariylar fikriga köra, uning qabul qilinişi Rossiyaning Ukraina içki siyosatiga va ukrainaliklarning dunyoqaraşiga ta’sirini kamaytiriş, şuningdek, Rossiya propagandasi faoliyati oldini oliş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş, desovetizatsiyani tezlaştirişga yordam beradi. 

Qonun uç oydan keyin kuçga kiradi.