Moskvaga qarşi sanksiyalarning 11-paketi doirasida Yevropa Ittifoqi (YeI) köplab tovarlarning Rossiya orqali tranzitini taqiqlaşni rejalaştirmoqda. Muhokamalardan xabardor odamlarga köra, tranzitni taqiqlaş köplab texnologiyalar va boşqa tovarlar, jumladan, bir neça turdagi transport vositalariga ham tatbiq etiladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Yevropa Ittifoqi Rossiyaning harbiy, aviatsiya va kosmik sanoatida qöllanişi mumkin bölgan tovarlar va texnologiyalar, şuningdek, Moskvaning sanoat salohiyatini mustahkamlaşga yordam beradigan tovarlarning tranzitini taqiqlaşi mumkin. Polşa, Estoniya va Litva şuni talab qilmoqda. Sanksiyalar, şuningdek, tankerlar va ularning harakatini kuzatiş uçun zarur bölgan navigatsiya tizimlarini öçirib qöyadigan boşqa kemalarni ham nişonga olişi mumkin.
Şu bilan birga, «Rosatom» çeklovlar ostida qolişi dargumon. Çunki, Yevropa Ittifoqiga a’zo köplab davlatlar hamon Rossiya yadro sektoriga qarşi sanksiyalar joriy etişga qarşi.
11-paket 30 ga yaqin yangi röyxatni, şuningdek, bir neçta kompaniya va taşkilotlarga qöşimça çeklovlarni öz içiga olişi kutilmoqda. Sanksiyalar joriy qilinişi uçun Yevropa Ittifoqiga a’zo barça davlatlarning rozi bölişi kerak.
Bloomberg fikriga köra, Rossiya sanksiyalarga duçor bölgan bir neçta texnologiyalar böyiça çeklovlarni çetlab ötişga erişdi. Yevropa Ittifoqi va boşqa mamlakatlarda işlab çiqarilgan eng yangi çiplar va integral mikrosxemalar uçinçi davlatlar, jumladan Turkiya, Birlaşgan Arab Amirliklari va Qozoğiston orqali Rossiyaga yetkazilmoqda.
Boşqa ma’lumotlarga köra, Yevropa Ittifoqining Rossiya bilan çegaradoş ba’zi davlatlari, jumladan Finlyandiya va Estoniya Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasini oşirgan va bu tovarlar köpinça Rossiya tranzit yöllari orqali yetkazilgan. Ayrim tovarlar Rossiyada qolgan yoki uçinçi davlatlardan qayta eksport qilingan.












