Toşkent forumi doirasidagi navbatdagi uçraşuv Birlaşgan Arab Amirliklari delegatsiyasi bilan ötkazildi. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev uşbu mamlakat energetika va infratuzilma vaziri Suxayl al-Mazruiyni qabul qildi.

Özbekiston-BAA köp qirrali hamkorligi doirasidagi loyihalarni ilgari suriş masalalari körib çiqildi.
Muzokaralar avvalida vazir al-Mazruiy davlat rahbariga prezident Şayx Muhammad Ol Nahayon va vitse-prezident, boş vazir, Dubay amiri Şayx Muhammad Ol Maktumning salomini yetkazdi.

Ikki tomonlama munosabatlar rivojining bugungi yuqori sur’ati qayd etildi. Keyingi bir neça yilda tovar ayirboşlaş ikki barobar oşdi, 50 ta yangi korxona taşkil etildi, investitsiya loyihalari portfeli 3 milliard dollardan ortdi. Qöşma investitsiya kompaniyasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Bölajak oliy darajadagi uçraşuvlarga tayyorgarlik köriş va ularni aniq mazmun bilan boyitiş maqsadida Özbekiston yetakçisi “yaşil” iqtisodiyot, energetika, transport va logistika, qişloq xöjaligi, infratuzilma va boşqa ustuvor yönalişlarda istiqbolli loyihalarni ilgari suriş muhimligini ta’kidladi.












