Muzokaralar davomida ikki davlat örtasidagi döstlik aloqalarini yanada mustahkamlaş, harbiy-havo kuçlari sohasida hamkorlik, bu borada soha mutaxassislarining malakasini oşiriş istiqbollari atrofliça muhokama qilindi.
Kunning ikkinçi yarmida delegatsiya vakillari Çirçiqda joylaşgan harbiy qismda bölib, harbiy qism faoliyati va körgazmali parvozlar bilan tanişişdi.
«Turkiya Respublikasining Harbiy havo kuçlari qömondoni armiya generali Atilla Gulan Özbekiston harbiy mutaxassislarining bilim va tajribalarini yuqori baholar ekan, kelgusida soha yönalişida taşkil etiladigan amaliy işlar ikki mamlakat örtasidagi harbiy aloqalarni yanada mustahkamlaşga xizmat qilişini ta’kidlab ötdi», — deyiladi xabarda.
Turkiya harbiy delegatsiyasining taşrifi 27 aprel kuni Qarşidagi Özbekiston Oliy harbiy aviatsiya bilim yurti faoliyati bilan tanişiş bilan davom etadi.












