Bularning barçasi 14 may kuni bölib ötadigan parlament va prezidentlik saylovlariga bir neça hafta qolganida sodir bölmoqda. Ijtimoiy sörovlar şuni körsatmoqdaki, prezidentlik uçun raqobat juda qizğin keçadi va prezident Erdöğan hokimiyatga kelganidan yigirma yil ötib saylovlarda ilk bor yutqazişi mumkin.

27 aprel kuni Turkiya prezidentining jamoatçilik bilan aloqalar bölimi direktori Faxriddin Oltin prezidentning ommaviy çiqişlari şifokor maslahati bilan bekor qilinganiga qaramay, prezident soğliğida muammolar borligi haqidagi ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarni rad etdi.

Turkiya soğliqni saqlaş vaziri ham şu kuni prezident soğliğiga töxtalib ötdi.

«Men uni bugun ertalab kördim. U yaxşi. U yuqtirgan infeksiyaning oqibatlari kamaygan», deya SSV rahbari Faxriddin Xöjaning sözlaridan iqtibos keltirgan mahalliy naşrlar.

Özi nima böldi?

Efirdagi uziliş

25 aprel kuni keçqurun Erdöğan Turkiya telekanallaridan biriga intervyu berdi. Bu prezident saylovi arafasida odatiy hol. Töğri, translatsiya rejalaştirilganidan bir yarim soat keçroq boşlandi, biroq avvaliga bu heç kimda şubha uyğotmadi.

Ammo boşlovçining navbatdagi savolidan keyin biroz töxtaş yuz berdi. Kamera intervyu oluvçiga qaratildi va tomoşabinlar öşa paytda Erdöğan bilan nima sodir bölayotganini körmadi. Ammo efirda uziliş borligi aniq edi va kadr ortidan oğringan tovuşlar eşitildi. Jonli efir töxtab, reklama roliklari boşlanib ketdi.

Efir 20 daqiqadan söng qayta tiklandi. Erdöğan endi bemalol gapirdi va «qorni qattiq oğriyotgani» hamda «hatto dasturni bekor qiliş haqida öylagani»ni aytdi.

Intervyu şundan keyin ham davom etdi, lekin 12 daqiqadan keyin tugadi.

Turkiyaning 69 yoşli prezidenti yuragi bilan boğliq muammolarning kuçayişi fonida yurak xurujiga (infarkt) uçragan bölişi mumkinligi haqida taxminlar paydo böldi. Rasmiylar bu taxminlar notöğri ekani, aslida prezident oşqozon grippi bilan kasallangani, hozirda ahvoli yaxşiligi haqida tezlik bilan xabar berişdi.

Biroq 26 aprel kuniga rejalaştirilgan bir neça taşviqot tadbirlari, şuningdek, şu kuni törtta telekanal tomonidan efirga uzatilişi kerak bölgan katta intervyu bekor qilindi.

Şuningdek, Erdöğan uzoq kutilgan, Turkiyaning birinçi atom elektr stansiyasi — «Oqquyu» oçilişiga ham kelmaydigan böldi. Bu Rossiya va Turkiyaning qöşma loyihasi hisoblanadi.

Uşbu oçiliş marosimida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham videoaloqa orqali iştirok etişi haqida oldindan xabar berilgandi. Ammo Erdöğan şaxsan iştirok etişni rejalaştirgandi. Keyinroq u ham videoformat orqali iştirok etişi ma’lum böldi. Ammo bu yerda barçasi silliq keçmadi.

«Oqquyu»ning oçilişi Anqara vaqti bilan soat 13:30 ga belgilangan edi, biroq u bir neça soatga keçiktirildi.

Kun davomida Erdöğan Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot ötkazgani xabar qilindi. TRT Haber telekanaliga köra, tomonlar Ukrainadagi uruş va «ğalla kelişuvi»ni muhokama qilgan.

Keyin esa Erdöğan va Putin videoaloqa orqali «Oqquyu» AESga yadro yoqilğisini yetkazib beriş marosimida iştirok etayotgani aks etgan videolar namoyiş etildi.

Foto va videolarda u ança toliqqani körinib turadi.

Muxolifat yetakçilari, jumladan, uning saylovdagi asosiy raqibi Kamol Qiliçdoröğli ham Erdöğanga tezroq tuzalib ketişini tilagan.

Ğalaba qozoniş imkoniyati

BBC muxbiri Olga Prosvirova şarhi

Erdöğanning soğliği qanday bölişidan qat’i nazar, bu uning saylovlardagi imkoniyatlariga salbiy ta’sir körsatişi dargumon. Uning tarafdorlari «oşqozon grippi»dan qörqmaydi, balki buni prezident ma’muriyati körsatişni xohlagandek qabul qiladi: Erdöğan qattiq mehnat qilmoqda, mamlakat kelajagi haqida tinmay qayğuryapti va hatto öz soğliğini ham unutmoqda.

Töğri, Erdöğanning ğalaba qozoniş imkoniyatlari haqida gapirişga hali erta. Uning reytingi hamon yuqori, ammo raqibi Qiliçdoröğlining reytingidan past.

14 mayga belgilangan prezidentlik saylovlariga köp vaqt qolmadi. Foto: EPA

Buning sabablari köp, lekin eng asosiylaridan biri – iqtisodiy inqiroz bölib, mutaxassislar buni haqli ravişda inson tomonidan yaratilgan inqiroz deb ataydi. Uşbu inqiroz Erdöğan iqtisodiy siyosatining töğridan töğri natijasidir. Töğriroği, uning pul-kredit siyosati borasidagi öziga xos qaraşlari oqibati. Uning öziga xos iqtisodiy siyosati Turkiyada transport va oziq-ovqat kabi zaruriy mahsulotlar narxini oşirib yubordi.

Va keyin oldini oliş mumkin bölmagan hodisa — dahşatli zilzila sodir böldi. Ön minglab odamlar halok böldi, milliondan ortiq kişi boşpanasiz qoldi. Erdöğan va uning tarafdorlari halokat uçun javobgarlikni quriliş kompaniyalariga yuklaşga harakat qildi. Ular halokat juda jiddiy bölganiga quruvçilar zarur standartlarga rioya qilmaganini sabab qilib körsatdi.

Ba’zilar, asosan Erdöğanning aşaddiy tarafdorlari bunday tuşuntirişlarni qabul qildi. Lekin sodir bölgan voqealarda hukumatni ayblayotganlar uluşi ança köproq. Muxolifat ham korrupsiya va sifatsiz quriliş standartlariga yöl qöygani uçun hukumatni aybladi.

Zilzila tufayli Turkiya körgan zarar, BMT ma’lumotlariga köra, 100 milliard dollardan oşadi.

Prezidentlik poygasida kim ğalaba qozonişi va parlamentda köpçilik örinni qölga kiritişidan qat’i nazar, Turkiyani qiyin kunlar kutmoqda. Zilzila oqibatlari va mamlakatdagi iqtisodiy muammolarni hisobga olgan holda Turkiya, mamlakatdagi vaziyatni barqarorlaştiriş uçun köplab sohalarda tub islohotlarga muhtoj.