Odatda, bu juda oson izohlanardi. Hal qiluvçi öyinlarda köpinça pand yeydigan, uzoq muddat davom etadigan liga formatidagi musobaqalarda esa, tengsiz bölgan «Mançester Siti» aynan tarkib kengligi, Pep tomonidan davomli rotatsiya amalga oşirişi hisobiga hal qiluvçi pallalarda ham öz formasini saqlab qoladi. Klubga qarşilik körsatgan «Liverpul» esa köpinça zaxira yetişmasligi tufayli kuraşni boy bergan.

Bu xulosa şu qadar şafqatsizki, agar Angliyada çempion bölmoqçi bölsang, aynan «Mançester Siti» kabi har bir çiziqda teng kuçli, kamida 50 million funtga sotib olingan futbolçilarga ega bölişing kerak, boşqa yöl yöq. Bu plankani esa, «Siti»ning özidan boşqa heç qaysi klub uşlab tura olmaydi.

Ammo aynan uşbu mavsum vaziyatga boşqa rakursdan qaraşga imkon yaratib berdi. Rotatsiya deganda faqat «har çiziqda ikki futbolçi»ni emas, uning ostidagi ulkan murabbiylik mehnatiga ham nazar solişimiz, buni e’tirof etişimiz zarur ekanini körsatdi.

Sababi, «Mançester Siti»ni yozda bir qator futbolçilar, xususan, Sterling, Jyezus, Zinçenko, Fernandino, keyinroq, Kanselu tark etişi, jamoaga esa, faqat Akanji, Alvares va Holand kelib qöşilgani. Ya’ni bu safar «Mançester Siti» ham boşqa raqobatçilari kabi şaroitlarda mavsumni boşladiki, buni raqamlar ham körsatib turibdi.

Misol uçun, agar doimiy maydonga tuşişga tayyor bölgan va tarkibning muntazam va tölaqonli a’zosi bölgan futbolçilar soni «Mançester Siti»da ham, «Arsenal»da ham qariyb 15-16 nafarni taşkil qiladi. Bir neça turnirda qatnaşadigan klublar uçun bu u qadar katta raqam emas va «bir pozitsiyaga ikki teng kuçli futbolçi» qoidasiga ham tuşmaydigandek. Bundan taşqari, «Siti» «Arsenal»dan farqli ravişda Angliya kubogi finaligaça bordi, Çempionlar ligasida qatnaşmoqda. Töğri, «Arsenal»da ham Yevropa Ligasi bor edi, ammo bu şunday turnirki, londonliklar guruh bahslarida bemalol ikkinçi tarkibni tuşiriş imkoniyati bor. Şunday qildi ham.

Xöş, unda nega, teng miqdordagi ijroçilar bilan, aslida köproq öyinlarda iştirok etgan «Siti» mavsumning hal qiluvçi pallasida «Arsenal»dan yaxşiroq formada böla olmoqda? Ha, javob rotatsiya. Ammo hammasi biz doim tuşunib kelgandek sodda emas. Keling, aynan qaysi omillar Pep Gvardiolaga ustunlik berganini körib çiqamiz.

Birinçi faktor. Futbolçilarning universalligi.

«Mançester Siti» futbolçilarining deyarli har biri bir neça pozitsiyani yopa oladi. Bernardu Silva uşbu mavsumda Mahrez, De Bryuyne, Gundöğan, Griliş örnida harakat qildi va hatto ba’zi öyinlarda leterallik ham qildi. De Bryuyne yarimhimoyadagi barça pozitsiyadan taşqari, Holand örniga «aldamçi töqqizlik» vazifasini bajarişi mumkin. Ake, Akanji, Stounz kabi futbolçilar himoyadagi uç pozitsiyada birdek samarali öynay oladilar. Umuman Diaş, Rodri va Holanddan taşqari, har bir futbolçida bir neça sxemalarda turli pozitsiya va funksiyalar mavjud.

Bu nima beradi? De Bryuynega dam beriş kerakmi? Buning uçun «Siti» aynan De Bryuynega örinbosar bölgan yarimhimoyaçini özida saqlaşga muhtoj emas. «Siti» bemalol mavsum davomida öşa 15 nafar futbolçi bilan har qanday pozitsiyadagi öyinçini rotatsiya qiliş imkoniga ega.

Xuddi şu holat boşqa klublarda oqsaydi. Masalan, «Arsenal»da Saka jarohat oladigan bölsa, öng qanotda xuddi şu yuklamani xuddi şu sifatda amalga oşira oladigan futbolçining özi yöq. Har bir pozitsiya yaqqol ijroçiga ega va har qanday özgariş jamoa öyini sifatini tuşirib yuboradi. «Mançester Yunayted» Kazemiro, Eriksen yoki Brunoning örnini heç qanday şaklda töldira olmaganini ham ta’kidlaş mumkin. Mançesterning narigi klubida göyoki zaxira katta, hatto jahon çempionatiga eng köp vakil yuborgan klublardan biri, ammo har bir çiziqda sifatli rotatsiya qiliş imkoniyati yöqligini guvohi bölmoqdamiz.

Ikkinçi faktor. Taktika va sxemalardagi universallik.

«Arsenal»da Zinçenko jarohat olib, uning örniga Tirni tuşa boşlagaç, jamoa öyiniga salbiy ta’sir kuzatildi, bir qator öyinlarda oçko yöqotildi. Köpgina mutaxassislar asosli ravişda Artetaning bir jihatini tanqid ostiga olişdi.

Gap şundaki, Artetaning asosiy uslubi 4-2-3-1 bölib, jamoa töpga egalik qilayotganda qanot himoyaçisi bölgan Zinçenko uçinçi tayanç yarimhimoyaçisi sifatida Parti-Jaka juftligiga qöşiladi va sxema 3-3-3-1 ga aylanadi. Bu raqib yarimhimoyaçini +1 futbolçi yordamida yorib ötişda ham, himoyadan çiqişdagi «bild-ap»da ham hal qiluvçi faktor hisoblanadi. Bu funksiya uçun Zinçenko ideal nomzod, unda «Mançester Siti» davridan bunday amaliyot mavjud. Ammo Tirni biz bilgan klassik qanot himoyaçisi hisoblansa-da, Arteta Tirni bilan ham şunday uslubda öynamoqçi böldi. Tabiiyki, heç qaçon şotlandiyalik himoyaçi Zinçenko böla olmaydi, umuman boşqa tur.

Pep Gvardiolaning Artetadan ustunligi şunda körinadi – Pepda juda köp taktik sxema va taktikalar mavjud bölib, maydonga tuşadigan har bir futbolçining ustunliklaridan foydalaniş, kamçiliklarini yopişga qaratiladi. Birinçi davrada Kanselu jamoadagi eng asosiy figuralardan biridek köringandi, ammo u ketgaç, tarkibda aynan Kanselu uslubida töp suradigan himoyaçi bölmasa-da, buni sezmadik ham. Hozir «Siti»da bir paytlar Kanselu töp surganini unutib ham yubordik. Qanotda hujum qilişni yaxşi köradigan Uoker töp suradimi yoki endigina bu pozitsiyada töp surayotgan Stounzmi, Mahrezni tanlaymizmi yoki Silva, Griliş yoki Foden, bir-biridan farq qiladigan qaysi futbolçi tuşişidan qat’i nazar Gvardiola tarkibga mos taktikani tanlay olmoqda va funksiyalarni taqsimlaşda futbolçilarning individual xislati e’tiborga olinmoqda. Bu ham rotatsiyaning jamoa öyiniga va yakuniy natijaga salbiy ta’sirining oldini olişda juda muhim jihat.

Uçinçi faktor. Öyin vaqtlarini nazorat qiliş.

Juda köp murabbiylar öyin oxiridagi riskni yomon köradi va şogirdlaridan imkon qadar öyin taqdirini ertaroq hal qilişni söraydi. Vaqtida realizatsiya qilinmagan imkoniyatlar öyin oxirida ortiqça asab ketişiga va muhimi, yetakçi futbolçilarga dam beriş, boşqa futbolçi va uslublarni sinab köriş imkoniyatidan mahrum qiladi.

Agar buni ham öyin davomidagi rotatsiya va futbolçilarni formada uşlab turiş uçun muhim faktor sifatida olsak, «Mançester Siti»da yaqqol ustunlikni köramiz.

Pep Gvardiola jamoasi APLning özida 15 uçraşuv taqdirini 60+ daqiqalarda hal qilib ulgurişgan. Ya’ni şu vaqtga kelib, jamoa 2 va undan ortiq gol hisobiga oldinga ötib ulgurişgan. Bu nima beradi? «Mançester Siti» qolgan 30 daqiqada öynab turib ham «dam olişi», yetakçi futbolçilarni zaxiraga olişi mumkin. Taqqoslaş uçun, «Mançester Yunayted»da bunday öyinlar soni atigi 3 ta. Ya’ni ten Hag şogirdlari ötgan 32 öyinning 29 tasida, xöp, 0:7, 3:6 va 0:4 larni qöşmaymiz, 26 tasida 90 daqiqa natija uçun kuraşgan. Endi bilyapsizmi, aslida bir xil rejimda mavsum ötkazib, nega «Mançester Siti» özining eng yaxşi salohiyatini körsatayotgan bir paytda «Yunayted» oyoğini zörğa sudrab oçko olayotganini?

Öyinni ertaroq hal qiliş jamoa içki resurslarining ham samarasini oşiradi. Masalan, Alvares APLda atigi 8 öyinda boşlanğiç tarkibda harakat qildi. «Liverpul» bilan öyingaça unda 6 ta şunday uçraşuv bor edi, xolos. Lekin öşa öyin taqdirini hal qilgan futbolçilardan biri bölgandi. Nega? Çunki hujumçi deyarli har öyinda zaxiradan maydonga tuşgan, köpinça, «Siti» öyin natijasini hal qilib qöygan pallalarda bosimsiz harakat qilib, jamoa safiga kirişib keta olgan. Mavsum davomida atigi 3 öyin taqdirini ertaroq hal qilgan ten Hag qanday qilib yoş futbolçilarga imkon bera olardi?

Taqqoslaş uçun, «Arsenal» bu mavsumda ikki barobar kam, ya’ni 8 öyinni 60-daqiqalargaça hal qilib qöygan, xolos. 

Foto: SHAUN BOTTERILL/GETTY IMAGES

Xulosa

Yuqoridagi faktorlar evaziga vujudga kelgan bir qator raqamlarga nazar taşlaş mumkin. Masalan, deyarli teng tarkibdan foydalanilgan bölsa-da, «Arsenal» safida 6 futbolçi (Uayt, Gabriel, Jaka, Edegor, Saka va Martinelli) 2500+ daqiqa maydonda harakat qilgan. Agar Saliba jarohat olmaganda unda ham daqiqalar soni 2500 dan oşgan bölardi – 2416.  «Mançester Siti» safida bunday futbolçilar atigi 1 nafar – Rodri (2640). «Şaharliklar»da 7 nafar futbolçi 1000-2000 daqiqa oraliğidagi maydon vaqtiga ega – mavsum davomida ortiqça yuklamasiz, lekin formada böliş uçun ideal bölgan körsatkiç. «Arsenal»da faqat Nketia va Jyezus şu oraliqqa tuşadi – sababi ham ma’lum, Jyezus jarohat olgan paytda uning örnida Nketia harakat qilgan.

«Arsenal» tarkibidagi futbolçilar yo doimiy maydonda bölib, 2000 daqiqadan köproq öynagan (9 nafar) yoki umuman Viyeyra, Tirni, Nelson yoki Tomiyasu kabi, kerak bölganda tayyor formada böladigan darajada yetarli vaqtga ega emas.

Öz-özidan, butun yuklama ayni futbolçilar yelkasiga tuşganida, zaxira kuçlar muvozanat bilan işlatilmaganda, hozirgi sahnaga guvoh bölamiz – «Arsenal» mavsum boşida va alohida öyinlarda har qança kuçli bölmasin, mavsum oxiriga kelib, çarçab qoldi. Saka yoki Edegorning sport formasi, Salibaning jarohati ta’siri kutilganidan kattaroq böldi.

Ammo «Mançester Siti»dagi bu ustunlik faqat taşqi resurslar, moliyaviy ta’sir yordamida bölmaganini yuqorida körib çiqdik. Axir Pep Gvardiola ataylab mana şunday universal futbolçilarni sotib olganmi yoki doimiy maşğulotlar yordamida uning şogirdlari universalga aylanib qolişganmi? Gvardiolaning juda köp sxemalari va vazifalarini tuşunib, maydonda amalga köçira oladigan aqlli futbolçilar qanday töplanib qoldi? Seleksiya natijasimi yoki Gvardiolaning tarbiyasi? Har ikki holatda ham murabbiy yutuği, şunday emasmi?

Ha, Gvardiola çempion jamoani şu yil qurmadi. Tan oliş kerak, tarkibda töp surgan aksariyat futbolçilar juda köp mavsumlarda çempionlik uçun kuraşgan, qaçon özini qanday tutiş kerakligini biladigan ijroçilar. Şu tomondan qaraganda, Artetani ayblaşga haqqimiz yöq. Hamkasbidan farqli ravişda, istalgan futbolçini sotib oliş imkoniyati unda yöq edi. Bir qator yoş futbolçilardan Angliyada çempionlik uçun sönggi turlargaça kuraşuvçi jamoani tuza oldi. Bu Angliyadagi eng baland sakraş, menimça.

Isboti. Ötgan yozda Gvardiola Jyezus va Zinçenkoni «Arsenal»ga sotgandi. Tabiiyki, öşanda Pep bu futbolçilar yordamida «Arsenal» çempionlik yölidagi asosiy tösiq bölişi xayoliga ham keltirmagan bölsa kerak. Keltirmagan. Masalan, şu yozda «Siti» «Arsenal»ga heç kimni sotmaydi, körasiz.

Qahramon Aslanov