Şavkat Mirziyoyev Turkiya yetakçisini tavallud kuni bilan tabriklab, unga mustahkam soğlik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, Turkiya xalqiga tinçlik-osoyiştalik va ravnaq tiladi.

Muloqot çoğida ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar körib çiqildi. Özbekiston-Turkiya köp qirrali hamkorligi barqaror va jadal sur’atda rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Turli darajalarda faol muloqotlar davom ettirilmoqda, özaro savdo körsatkiçlari ösmoqda. Ikki mamlakat yetakçi hudud va korxonalarining kooperatsiyasi kengaymoqda, birgalikda qator yirik investitsiya va infratuzilma loyihalari amalga oşirilmoqda. Muhim madaniy-gumanitar dasturlar röyobga çiqarilmoqda.

Davlat rahbarlari Toşkent şahrida ötkaziladigan Strategik hamkorlik böyiça oliy darajadagi kengaşning navbatdagi yiğilişiga tayyorgarlik köriş masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Xalqaro siyosat va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almaşildi.