Prezident tomonidan «Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantiriş hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaror imzolandi. 

Unda respublikaning turizm salohiyatidan töliq va samarali foydalaniş, birinçi navbatda transport-logistika va turizm infratuzilmasidagi muammolarni tezkor hal etiş, şuningdek, mavjud resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalaniş hisobiga turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlari uçun qöşimça şaroitlar yaratiş nazarda tutilgan. 

Jumladan, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Transport vazirligi, Özbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda respublikadagi oliy ta’lim taşkilotlarining hududlarning turizm salohiyatini oşirişga kömaklaşiş maqsadida oliy ta’lim taşkilotlariga tegişli hududlar biriktiriladi. 

Oliy ta’lim taşkilotlariga hududning turizm salohiyatini oşiriş böyiça quyidagi vazifalar yuklatiladi: 

- hududning turizm salohiyatini örganiş, hudud va uning tarixi, turistik obektlari va öziga xos xususiyatlari töğrisida turli tillarda kontentlar yaratiş, ularni tarğibot qiliş hamda turpaketlar yaratişda yordam körsatiş; 

- nazariy bilim va amaliyotning uyğunligini ta’minlagan holda professor va öqituvçilarning izlanişlari, talabalarning turizm sohasidagi nazariy bilimlarini amaliyotda qöllaş imkoniyatlarini kengaytiriş; 

- hududlardagi aholi tomonidan turizm xizmatlarini körsatiş sifatini yaxşilaş hamda kadrlarning malakasini oşirişda kömaklaşiş. 

Şuningdek, Özbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalariga xorijiy sayyohlarni Özbekistonga jalb qiliş vazifasi yuklatiladi. 

Özbekiston Respublikasining turizm mahsulotini xorijiy turizm bozorlarida tarğib qilişga 2023 yilda 50 milliard söm ajratiladi. 

Madaniyat va turizm vazirligi: 

a) bir oy muddatda: 

manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda muzey va teatrlarning dam oliş va bayram kunlarida, şuningdek, taşrif buyuruvçilar uçun qulay vaqtlarda işlaşini ta’minlaydi; 

vazirlikning yagona Call-markazida körsatilayotgan xizmatlar turlarini kengaytiriş çoralarini köradi; 

b) 2023 yil 1 iyunga qadar Özbekiston Respublikasining milliy turizm mahsulotlari va xizmatlarini xalqaro nufuzli turistik va marketing platformalarida reklama qiliş xarajatlarini qoplab beriş tartibi tasdiqlanadi. 

2023 yil 1 maydan “Uzbekistan Airports” AJ tomonidan: 

Farğona, Namangan yoki Andijondan Buxoro, Samarqand, Termiz, Urgançga, şuningdek, Termiz – Nukus, Samarqand – Urganç, Buxoro – Urganç, Farğona – Urganç kabi yönalişlar böyiça muntazam aviareyslar yölga qöyiladi; 

Toşkentdan Nukus, Urganç, Buxoro, Qarşi va Samarqandga aviaqatnovlarni yölga qöyib, amaldagidan ikki baravargaça arzon tariflar joriy etiladi; 

2023 yil 1 maydan boşlab: 

- Qamçiq dovoni orqali yölovçilarni taşişda foydalaniladigan va haydovçidan taşqari ön törttagaça örindiqqa ega bölgan M2 toifadagi transport vositalariga; 

- Jizzax viloyatidagi dovonlar hamda Böstonliq tumanining toğli hududlarida tegişli toifadagi yöllar orqali turistik avtobus va mikroavtobuslarga muntazam qatnovlarni amalga oşirişga ruxsat beriladi. 

Madaniyat va turizm vazirligining nogironligi bölgan şaxslar uçun respublika böylab sayohatlar taşkil etiş maqsadida “Sayohat barça uçun!” loyihasini amalga oşiriş böyiça taklifi ma’qullandi. 

Madaniyat va turizm vazirligi mazkur loyiha doirasida 500 nafar nogironligi bölgan şaxslar sayohatini taşkil qiladi hamda dastlabki bosqiçda Xorazm, Buxoro va Samarqand viloyatlarida 100 nafar surdo-gidlarni tayyorlaş böyiça dasturni işlab çiqadi.