Prezident Şavkat Mirziyoyev Ğalaba boğiga taşrif buyurib, “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasiga gulçambar qöydi.

Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan barpo etilgan bu majmua xalqimizning uruşdagi yöqotişlari, tinçlik uçun kuraşi va ulkan hissasini ifodalaydi. Şu bois boğ har doim, ayniqsa, bayram kunlarida yoşu keksalar bilan gavjum.

Bu yil ham 9 may – Xotira va qadrlaş kuni keng nişonlanmoqda. Prezident farmoniga muvofiq, Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari rağbatlantirilmoqda. Ularning salomatligi hamişa e’tiborda.

Ğalaba boğida Qurolli Kuçlar tizimiga kiruvçi vazirlik va idoralar, davlat taşkilotlari vakillari jam böldi. Ular ham majmua poyiga gullar qöydi.