Mamlakat suverenitetini yanada mustahkamlaşda global iqlim özgarişi, oziq-ovqat, energetika, logistika bilan boğliq xavf-xatarlar, suv taqçilligining salbiy ta’sirini yumşatiş böyiça yangi taşabbus va dasturlar işlab çiqilişi va hamkorlarimiz bilan birga faol iş olib borilişi qayd etildi.
«Biz Özbekistonni ijtimoiy davlat, deb e’lon qildik. Mamlakatimizda 2 million 200 mingdan ziyod ijtimoiy kömakka muhtoj, davlatdan yordam olayotgan oilalar bor. Aholimizning 55 foizi yoşlardan iborat.
Yangilangan Konstitutsiyamizda davlatning ijtimoiy majburiyatlari 3 barobar köpaytirilmoqda.
Bu raqamni aytiş oson, lekin uni amalda ta’minlaş juda katta mehnat talab qiladi. Bunga davlat budjetidan har yili qöşimça 30-40 trillion söm ajratiş kerak böladi», - dedi prezident.
Buning hisobidan har yili yuzlab yangi boğçalar, maktab va şifoxonalar quriş lozimligi ta’kidlandi.
Yoşlar siyosatini, ta’lim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarini rivojlantirişni ustuvor vazifa sifatida yuqori bosqiçga kötariş böyiça ham yangi imkoniyatlar safarbar etiladi.
Nuroniylar, yolğiz keksalar, nogironligi bölgan insonlar, alohida e’tiborga muhtoj aholi qatlamiga ijtimoiy xizmatlar kölami yanada kengaytiriladi.
Iş haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori muntazam oşirib boriladi.












