Özbekistonda Xotira va qadrlaş kuni keng nişonlanmoqda. Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari rağbatlantirilib, salomatligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, şu kunlarda ularning bir guruhi sanatoriylarda davolanmoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyev 8 may kuni Toşkent şahridagi Chinobod Plaza sanatoriysiga borib, uruş qatnaşçilari holidan xabar oldi. Anorboy ota Jalilov, Aşir ota Ösarov, Antonina Kolomenseva, Tölagan ota Imomov, Abbos ota Appanov bilan dildan suhbatlaşdi.
«Sizlarni köray, bayram bilan tabriklay deb keldim. Bu, avvalo, sizlarning bayramingiz. Öşa paytlardagi jasorat va matonatingiz tufayli keyingi avlodlar tinç, erkin yaşadi. Maşaqqatli mehnat va zafarlarga töla hayot yölingiz bugungi yoşlar uçun çinakam ibrat maktabi, vatanparvarlik maktabi, desak, ayni haqiqatni aytgan bölamiz. Siz bilan butun el-yurtimiz faxrlanadi», – dedi davlat rahbari.

Uruş qatnaşçilari hurmat va mehr oğuşida yaşayotgani, soğligi yaxşi, hayotidan rozi ekanini aytdi. Özlari istiqomat qilayotgan hududda, farzand va nabiralarining hayotida bölayotgan özgarişlar haqida gapirdi.
«Mana, yaqinda yangilangan Konstitutsiyamizni qabul qildik. Mamlakatimiz rivojini oşiriş, xalqimiz hayotini yaxşilaş böyiça katta marralar oldik. Mana şunday özgarişlar paytida sizdek katta tajribaga ega insonlarning yonimizda bölişi, maslahatlaringizni oliş bizga çeksiz kuç-ğayrat beradi», – dedi prezident.



Nuroniylar e’tibor va ğamxörlik uçun prezidentimizga minnatdorlik bildirib, xayrli duolar qildi.
«Tabarruk duolaringizni oliş, sizga qöşilib xalqimizning tinçligini söraş – katta baxt. Hayotda köp-köp sinovlarni körgan, qariyb bir asrlik hayot tajribasiga ega bölgan sizday muhtaram insonlarning duolari ijobat böladi. Nuroniylarimiz uçun barça zarur şaroitlarni yaratişga bundan buyon ham katta e’tibor qaratamiz. Bu – biz uçun muqaddas burç va vazifadir», – deya ta’kidladi Şavkat Mirziyoyev.














