Prezident Şavkat Mirziyoyev 10 may kuni kambağallikni qisqartiriş va bandlikni oşiriş çora-tadbirlari taqdimoti bilan tanişdi. 

Yiğilişda kambağallikni qisqartiriş böyiça işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş çoralari muhokama qilindi.  

Qayd qilinişiça, buning uçun tadbirkorlar bilan malakali işçi tayyorlaş böyiça şartnoma tuziladi. Ya’ni, korxonalarda köplab «amaliy monomarkaz»lar taşkil qilinadi. Davlat bunga zarur mablağ ajratiş bilan birga, infratuzilma, kredit, soliq va boşqa masalalar böyiça yengilliklar beradi. Tadbirkor esa kambağal aholini daromadli iş bilan ta’minlaydi. 

Mutasaddilarga uşbu tizimni barça tuman va şaharlarda joriy qiliş böyiça körsatma berildi. 

Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligiga Xitoydan ekspertlar jalb qilingan. Endi Xitoy tajribasi asosida har bir viloyatda bittadan tumanni kambağallikdan çiqariş böyiça alohida dastur amalga oşirilişi belgilandi. 

Bunda kambağallik yuqori bölgan tumanlarda yöl-transport, elektr, aloqa va turizm infratuzilmasini yaxşilaş, kiçik va örta şaharlarni rivojlantiriş, mahallalarni sanoatlaştirişga e’tibor qaratiladi. 

Oilaviy tadbirkorlikka ajratiladigan kredit va subsidiyalarni har bir kambağal oilaga alohida yondaşuv asosida taqdim etiş taklifi bildirildi. 

Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligini xalqçil tizimga aylantiriş, 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlarni bevosita mahallaning özida yölga qöyiş böyiça topşiriqlar berildi.