Qöşma Ştatlarning Janubiy Afrikadagi elçisi Ruben Brijyeti mahalliy hukumatni Ukrainaga qarşi uruşda betaraflik e’lon qilganiga qaramay, Rossiyaga qurol va öq-dori yetkazib berişda aybladi.
Bu haqda elçi 11 may kuni Pretoriya şahrida bölib ötgan matbuot anjumanida gapirdi. Uning sözlariga köra, AQŞ Janubiy Afrikani Rossiyaga qurol yetkazib berişda iştirok etganiga işonç hosil qiliş uçun yetarli asoslarga ega. Garçi bu davlat Rossiya-Ukraina mojarosida betarafligini oşkora e’lon qilgan bölsa ham.
«Biz payqagan narsalar qatorida Rossiyaning Lady R yuk kemasi ham bor. U 2022 yil 6-8 dekabr kunlari Saymonstaun şahri portida bölgan. Rossiyaga qaytgaç esa qurol va öq-dorilarni tuşirgan», dedi elçi.
Saymonstaun şahrida Janubiy Afrika dengiz kuçlarining bazasi joylaşgan. Uşbu kemaning 2022 yil 6-8 dekabr kunlari bazaga kirişi mamlakatda ham bee’tibor qolmagan edi. Çunki kemaning Ğarb sanksiyalari ostida ekani ma’lum.
Janubiy Afrika prezidenti Siril Ramaposa mamlakat parlamenti yiğilişida elçining bayonotlariga keyinroq javob berişini aytdi.
«Bu masala örganilmoqda, vaqt ötişi bilan bu haqda gaplaşişimiz mumkin böladi», deb javob berdi u muxolifat vakilining savoliga.
AQŞ razvedkasining qurol-yaroğ yetkaziş böyiça ma’lumotlarini qançalik töğri deb hisoblaş mumkinligi haqidagi savolga Brijyeti öz hayoti bilan qasam içişga tayyorligini aytdi. AQŞ Davlat departamenti bu da’volarga hali heç narsa qöşimça qilmadi.
Şuningdek, elçi matbuot anjumanida amerikaliklar Janubiy Afrika hukumatiga Ukraina bosqinining 1 yilligi munosabati bilan Rossiya va Xitoy qöşma harbiy maşğulotlarida iştirok etişi yuzasidan öz xavotirlarini bildirganini aytdi.
Harbiy-dengiz maşqlari fevral oyida ötkazilgan edi. Janubiy Afrika muxolifati vakillari uni tanqid qilib, Rossiya bosqinini ma’qullaş sifatida e’tirof etişdi.
Avvalroq Janubiy Afrika BMT assambleyasida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi qoralagan rezolyutsiyaga ovoz berişda betaraf qoldi. Şuningdek, Janubiy Afrika Ğarbning Rossiyaga qarşi sanksiyalariga qöşilişdan boş tortdi.
May oyi boşida Janubiy Afrikaning yetakçi gazetasi Sunday Times mahalliy hukumat Kremlni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning avgust oyida Janubiy Afrikada bölib ötadigan BRIKS sammitiga taşrif buyuriş ğoyasidan voz keçişga köndirişga urinayotganini da’vo qildi. Bunga Haagadagi Xalqaro jinoyat sudi (XJS) tomonidan Putinni hibsga oliş haqidagi order sabab böldi. XJS qarorlarining bajarilişi Rim statutini imzolagan mamlakatlar, şu jumladan Janubiy Afrika uçun majburiydir.
Hozir Pretoriya Moskva bilan muzokaralar olib bormoqda va Putinga videoaloqa orqali BRIKS sammitida iştirok etişni taklif qilmoqda.
Ramaposa mamlakat vitse-prezidenti boşçiligida maxsus qömita tuzgan, u Putinni hibsga oliş uçun order berilişi munosabati bilan hokimiyat harakatlari variantlarini örganişi kerak. Hozirça bu qömita «Putinning taşrif buyurişiga imkon beradigan heç qanday variantni» topa olmagan.
Aprel oyida Ramaposa administratsiyasi mamlakat Rim statutidan çiqişni rejalaştirmayotgani haqida bayonot bergan edi.













