2023 yilning birinçi çoragida Rossiyaga işlaş maqsadida deyarli 1,3 million xorijlik kirdi. Ularning deyarli yarmi özbekistonliklardir. Bu haqda Rossiya davlat statistika portali xabar berdi.
Ma’lumotlarga köra, yanvar-mart oylarida Rossiyaga eng köp mehnat migrantlari quyidagi davlatlardan borgan:
- Özbekiston – 630 859 kişi;
- Tojikiston – 349 357;
- Qirğiziston – 172 591;
- Armaniston – 47 337;
- Qozoğiston – 34 783;
- Ozarboyjon – 28 690;
- Xitoy - 10 528.
Qayd etilişiça, joriy yilning birinçi çoragida Rossiyaga borgan mehnat migrantlari soni qariyb 1,3 million kişi. Bu ötgan yilning dastlabki uç oyidagi körsatkiçlardan 1,6 barobar köpdir.
2022 yil davomida Rossiyaga işlaş uçun 3,5 millionga yaqin çet el fuqarolari kelgan bölsa, koronavirus pandemiyasi bilan boğliq çeklovlar amalda bölgan 2021 yilda bu körsatkiç 2,6 millionni taşkil etgan.
2022 yilda Markaziy Osiyoning deyarli barça respublikalari röyxatning yuqori qismidan joy olgan edi: Özbekiston – 1,45 milliondan ortiq, Tojikiston – deyarli 987 ming, Qirğiziston – 562 mingdan ortiq va Qozoğiston – 164 mingga yaqin.












