Gurjiston Rossiya bilan töğridan töğri reyslarni tikladi. Bu haqda 15 may, duşanba kuni Gurjiston fuqaro aviatsiyasi agentligi ma’lum qildi.
Idorada ta’kidlanganidek, Gurjiston va Rossiya Federatsiyasi örtasidagi reyslar faqat sanksiyaga duçor bölmagan aviakompaniyalar va samolyotlar tomonidan amalga oşiriladi. Agentlik rahbari Givi Davitaşvilining ta’kidlaşiça, beşta aviakompaniya töğridan töğri reyslar uçun ariza bergan, ular orasida 17 maydan reyslarga xizmat körsatişi mumkin bölgan “Azimut” kompaniyasi tekşiruvdan ötgan.
10 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15 maydan Gurjiston fuqarolari uçun viza rejimini bekor qiliş va 2019 yildan beri amalda bölgan Rossiya Federatsiyasidan Gurjistonga havo qatnoviga qöyilgan taqiqni olib taşlaş töğrisidagi farmonlarni imzoladi. Gruziya prezidenti Salome Zurabişvili uşbu farmonni tanqid qilib, Rossiya Federatsiyasi Ukrainada uruş olib borayotgan va Gruziya hududini bosib olayotgan bir paytda töğridan töğri reyslarni qayta tiklaş qabul qilinişi mumkin emasligini ta’kidladi.
Öz navbatida, YeI Gurjistonni Rossiya Federatsiyasidan texnik jihatdan "işonçsiz samolyotlarni" kiritmaslikka va havo qatnovi sohasida Moskvaga qarşi Yevropa sanksiyalariga qöşilişga çaqirdi.












