«Azimut» aviakompaniyasi samolyoti 2019 yildan beri birinçi marta Rossiyadan Gurjistonga töğridan töğri reysni amalga oşirdi. Uni Tbilisi aeroportida namoyişçilar kutib oldi. 

19 may, juma kuni Moskvadan uçgan «Azimut» aviakompaniyasining samolyoti Tbilisi aeroportiga qöndi. Bu 2019 yildan beri Rossiyadan Gurjistonga birinçi töğridan töğri reysdir. 

Samolyot qönişidan oldin politsiya Tbilisidagi Şota Rustaveli aeroportini örab oldi va kutiş zalini yopdi. 

Ertalab Tbilisi markazida Rossiya bilan havo qatnovining qayta tiklanişiga qarşi namoyişçilar töplandi va avtokolonna bilan aeroport tomon harakatlandi. Ular avtomobillarga Yevropa Ittifoqi va Ukraina bayroqlarini yopiştirişdi. Gurjiston muxolifati tarafdorlari aeroportda norozilik namoyişi ötkazdi. Samolyot Moskvadan qöngaç, ular politsiya kordonini buzib ötişga harakat qilişgan. Politsiya bu urinişlarni töxtatdi. 

2019 yildan beri Moskva tomonidan Rossiyadan Gurjistonga töğridan töğri reyslar taqiqlangan. 2023 yil 10 mayda Vladimir Putin bu taqiqni bekor qildi. Şu kuni Gurjiston fuqarolari uçun viza rejimi ham töxtatildi. 

Gurjiston prezidenti Salome Zurabişvili Putinning qarorini «Rossiyaning navbatdagi provokatsiyasi» deb atadi. Uning sözlariga köra, töğridan töğri reyslarning qayta tiklanişi va vizaning bekor qilinişi «Rossiya Ukrainaga qarşi tajovuzni davom ettirayotgan va bizning hududimizni egallab olgan bir vaqtda, qabul qilinişi mumkin bölmagan narsa». «Gurjiston xalqining qarşiligiga qaramay, Rossiya Tbilisiga istalmagan parvozni amalga oşirdi», — deb yozdi Zurabişvili Twitter'da.