Rossiyada oğir demografik vaziyat yuzaga keldi va uni bartaraf etiş böyiça körilgan çoralar natija bermadi, dedi prezident Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov. Uning sözlariga köra, bu «mutlaqo ma’lum va tuşunarli sabablarga köra» sodir bölgan.
«Ha, haqiqatan ham, demografiya – hozirça muvaffaqiyatsizlikka uçrayotgan joyimiz va bu haqiqat. Mutlaqo ma’lum va tuşunarli sabablarga köra, biz hozir demografik nuqtai nazardan juda qiyin ahvoldamiz», dedi Kreml matbuot kotibi.
Uning qöşimça qilişiça, Rossiya rasmiylari «aholini tuğiliş darajasini oşirişga undaş uçun qator çoralar körgan, biroq hozirça bu çora-tadbirlar kutilgan natijani bermagan».
«Afsuski, muammoni hal qiliş uçun panatseya, maxsus dori yöq. Bu uzoq vaqtga möljallangan iş. Afsuski, biz bu borada tezkor, bir lahzalik natijaga erişa olmaymiz», dedi Peskov.
Rosstat ma’lumotlariga köra, Rossiya aholisi 2018 yildan beri kamayib bormoqda. 2022 yilda u 533 ming kişiga kamaygan va 2023 yil 1 yanvar holatiga köra 146,45 million kişini taşkil etdi.
Oliy Iqtisodiyot maktabi qoşidagi Demografiya instituti mutaxassislari Valeriy Yumaguzin va Mariya Vinnik ötgan yozda qilgan prognozlariga köra, eng ehtimoliy ssenariy böyiça Rossiya aholisining qisqarişi davom etadi va 2070-yillarning örtalariga borib, 131 million kişiga tuşadi. Asr oxiriga borib esa atigi 137,5 million kişiga yetadi.












