«Energetika bloklarining yadroviy materiallarni sovitiş nasoslari işlaşini ta’minlaş uçun muhim bölgan taşqi quvvat yöqolgaç, AESning barça dizel generatorlari avtomatik ravişda yoqildi, yonilği ta’minoti ön kunga yetdi. Vaqtni ortga hisoblaş boşlandi», - deb ta’kidladi davlat kompaniyasi.
«Energoatom» agar şu vaqt içida stansiyaga taşqi elektr ta’minotini qayta tiklaş imkoni bölmasa, butun dunyo uçun radiatsiyaviy oqibatlarga olib keladigan avariya yuz berişi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
«Rossiyaning yadroviy terrorizmi zudlik bilan töxtatilişi kerak, bosqinçilar esa stansiya hududi va yöldoş-şahar Energodarni tark etişi kerak. ZAES zudlik bilan qonuniy operator - «Energoatom»ning töliq nazorati ostiga qaytişi, keyinçalik stansiya normal iş holatiga keltirilişi kerak. Bunda, obektning yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizligini tiklaş lozim», deyiladi «Energoatom» bayonotida.
Zaporijjya AESda taşqi elektr ta’minoti butunlay uzildi, stansiya dizel generatorlaridan favqulodda zaxira quvvatiga ötkazildi, deb xabar berdi Zaporijjya viloyati okkupatsion «ma’muriyati» boş kengaşi a’zosi Vladimir Rogov.
Uning sözlariga köra, Ukrainaning «Energoatom» kompaniyasi özi boşqarayotgan «Dneprovskaya» elektr tarmoğini uzib qöygan.
Öçiriş sababi hozirça noma’lum. Ukraina bu xabarlarga izoh bermayapti. «Energoatom» davlat konserni Zaporijjya AESda taşqi elektr ta’minoti öçirilganligini tasdiqladi.













