Qömita ma’lumotlariga köra, 2022 yilning 1 fevral holatiga respublikada röyxatdan ötgan xorijiy kapital iştirokidagi korxona va taşkilotlar soni 13,8 mingtani taşkil etib, ulardan 13,4 mingtasi faoliyat yuritmoqda.

Qayd etilişiça, faoliyat körsatayotgan xorijiy kapital iştirokidagi korxonalar soni ötgan yilning mos davriga nisbatan 1 474 taga oşgan.

Özbekistonda xorijiy kapital iştirokida faoliyat körsatayotgan korxonalar soni eng yuqori bölgan davlatlar orasida Rossiya yetakçilik qilmoqda – 2 313 ta korxona. 

Xorijiy kapital iştirokidagi korxonalar soni böyiça keyingi örinlardan Xitoy (1 948 ta) va Turkiya (1 912 ta) joy oldi. 

Şuningdek, Qozoğiston kapitali iştirokida faoliyat körsatayotgan korxonalar soni 1 071 tani taşkil etdi, Koreya iştirokidagi korxonalar soni 900 taga teng. 

Ma’lumot uçun, 2021 yil yanvar-oktabr oylarida respublikada xorijiy kapital iştirokida yangi taşkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni böyiça Turkiya yetakçilik qilgandi (321 ta).

Xorijiy kapital iştirokidagi yangi korxonalar soni böyiça keyingi örinlardan Rossiya (296 ta) va Xitoy (219 ta) joy oldi. Korxonalar röyxatida Qozoğiston (166 ta) hamda Koreya (80 ta) bor edi.