Polşa Rossiya va Belarus raqamlariga ega yuk maşinalarining öz çegarasidan ötişini töxtatdi. Bu haqda 29 may kuni mahalliy RMF 24 radiostansiyasi içki işlar vaziri buyruğiga tayanib xabar berdi. Yangi qoidalar 1 iyundan boşlab keyingi ogohlantirişgaça amal qiladi.
«Belarus Respublikasi bilan çegaradagi nazorat-ötkaziş punktlarida Belarus Respublikasi yoki Rossiya Federatsiyasi hududida röyxatga olingan yuk avtomobillari, tyagaçlar, tirkamalar, şu jumladan yarimtirkamalar, avtopoyezdlar harakati töxtatiladi», deyiladi xabarda.
Polşa naşrining xabar berişiça, ba’zi Belarus kompaniyalari bunday ssenariyga tayyorgarlik körişgan va Polşada qayta röyxatdan ötişga muvaffaq bölişgan. Biroq hukumat matbuot kotibi Piter Myuller sözlariga köra, «rejimlarga aloqador» kompaniyalar xavfsizlik xizmatlari nazorati ostida.
«Buning uçun zarur vositalar, jumladan, sanksiyalar röyxati mavjud, çunki bu röyxatga Polşadagi taşkilotlar ham kirişi mumkin», dedi hukumat vakili.













