“Yurtimizda örtaça umr davomiyligini hozirgi 73 yoşdan kelgusida 78 yoşga yetkaziş böyiça barça imkoniyatlarni işga solamiz”, dedi u.
Buning uçun, 2030 yilga qadar:
- onalar va bolalar ölimi, bolalar örtasida irsiy kasalliklarni kamida 2 barobarga qisqartiriş;
- onkologiya, yurak-qon tomir, diabet, nafas yöllari va yuqumli kasalliklar böyiça erta ölimni esa, 2,5 barobar kamaytiriş asosiy vazifa böladi.
Bunda:
- 120 ming nafar onkologiya, 350 ming nafar diabet, 1,5 million yurak-qon tomir kasalligi bor bemorlar töliq qamrab olinadi;
- “Gepatit S” kasalligini 100 foiz davlat hisobidan davolaş yölga qöyiladi;
- “tuberkulyoz” bilan kasallaniş darajasi yuz ming aholiga nisbatan hozirgi 34 nafardan keskin kamaytirişga erişiladi.
Şu bilan birga, kelgusi yildan birlamçi böğin orqali eng köp uçraydigan 10 ta kasallikni davolaş va 6 ta tibbiy xizmatdan iborat kafolatlangan tibbiy paket aholiga bepul taqdim etiladi.
Onkologik bemorlar hayotini saqlab qoliş maqsadida, mamlakatda ilk bor özak hujayralarini transplantatsiya qiliş yölga qöyiladi. Bu boradagi xarajatlar ehtiyojmand oilalar farzandlari uçun töliq davlat hisobidan qoplanadi.
Tuğiş yoşidagi va homilador ayollar, bolalarga 7 turdagi vitaminlar, yod va foliy kislotasini bepul tarqatiş kelgusi yillarda ham davom ettiriladi.
Soğliqni saqlaş tizimi töliq raqamlaştiriladi va tibbiy suğurta tizimi joriy qilinadi.
2030 yilga qadar tibbiyotga budjetdan ajratiladigan yillik mablağ hajmi 2 karra oşirilib, 6 milliard dollarga yetkaziladi.
Ijtimoiy xizmatlar sohasi butkul qayta körib çiqiladi. Har bir mahallada professional ijtimoiy xodimlar faoliyati yölga qöyiladi va ular ijtimoiy xizmatlarni manzilli asosda körsatadi. Oğir hayotiy ahvolga tuşgan yoki tuşiş xavfi yuqori bölgan har bir oila böyiça alohida “ijtimoiy xizmat işi” oçiladi. Uşbu oilalarda şaroitni yaxşilaş, ularga davolaş, dorilarni yetkaziş, farzandlarini boğça va maktabga joylaştiriş, moddiy yordam beriş kabi ijtimoiy xizmatlar körsatiladi.
Oğirroq vaziyatdagi oilalarga psixologik yordam ham beriladi. Bunday oilalarning hayot sifati amalda yaxşi tomonga özgargandan keyingina, “ijtimoiy xizmat işi” yopiladi.
Tumanlarda:
- ijtimoiy xizmatlarni “yagona darça” tamoyili asosida körsatadigan ijtimoiy xizmatlar markazlari;
- psixolog, huquqşunos, ijtimoiy xodimdan iborat “mobil guruhlar”;
- zöravonlikka uçragan ayollarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça “Koll-markazlar” taşkil qilinadi.
Qiyin ahvolga tuşib qolgan xotin-qizlar uçun huquqiy va psixologik yordam körsatiş xizmati kengaytiriladi. Tuğuruq ta’tilidagi ayollar uçun onlayn işlaş tizimi joriy etiladi. Bolalarni vasiylikka oliş tizimi, vasiylarni tanlaş mezonlari va monitoring qiliş tartibi töliq özgaradi.
Har yili yurak nuqsoni bor 5 ming bolani va köriş qobiliyatini yöqotiş ehtimoli yuqori bölgan 10 ming çaqaloqni bepul davolaşni davlat öziga majburiyat qilib oladi.
Hozirgi 6 ta vazirlikda tarqoq bölgan ijtimoiy xizmatlar birlaştirilib, Ijtimoiy himoya milliy agentligi taşkil etiladi (kambağallik, soğliqni saqlaş, maktab ta’limi, moliya, içki işlar, oliy ta’lim). Yangi Agentlik uçun kamida 10 foiz xodimlar nogironligi bölgan şaxslar orasidan tanlov asosida işga olinadi. Ijtimoiy himoyaga ajratiladigan barça mablağlar Agentlik huzurida taşkil etiladigan alohida jamğarma orqali manzilli yönaltiriladi va uning xarajatlari oçiq-oşkora böladi.













