Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Bratislavadagi Globsec xavfsizlik forumida nutq sözlab, Ğarbni Ukrainaga “aniq va işonçli” xavfsizlik kafolatlarini berişga çaqirdi, deb xabar berdi 31 may, çorşanba kuni AFP.

Makron Ukraina “bugungi kunda Yevropani himoya qilişini” ta’kidladi. "Şuning uçun men kelgusi haftalarda bu jamoaviy muzokaralar mavzusiga aylanişini yoqlayman: Ukrainaga moddiy va işonçli xavfsizlik kafolatlarini taklif qiliş kerak", dedi Makron. Unga köra, Ukrainaga “Isroilga taqdim etilgan xavfsizlik va NATOga tölaqonli a’zolik örtasidagi nimadir” taklif qilinişi mumkin.

Makron 2019 yilda alyansni tanqid ostiga olganini va “NATOning miyasi ölimi” haqida ma’lum qilganini esladi. Ukrainadagi harbiy harakatlar, deydi u, ittifoqni uyğotdi. “Aytişim mumkinki, bugun ittifoq kuçli elektr toki urişi bilan uyğondi”, — dedi Fransiya prezidenti.

"Bugun biz Ukrainaga samarali qarşi hujumni amalga oşiriş uçun har tomonlama yordam berişimiz kerak. Biz hozir şunday qilyapmiz. Sa’y-harakatlarimizni kuçaytirişimiz kerak, çunki keyingi bir neça oy içida sodir böladigan voqealar uzoq davom etadigan tinçlik uçun ham imkoniyat beradi. ”, dedi Makron.