Vaşington Moskvaning Strategik hujum qurollarni qisqartiriş böyiça şartnoma (ŞQŞ)dagi iştirokini töxtatganiga munosabat bildirdi. Şu tariqa, Qöşma Ştatlar endi Rossiyaga özining strategik qurollari, jumladan, raketa va uçiruvçi qurilmalarning holati va joylaşuvi haqidagi ma’lumotlarni uzatmaydi, deya ma’lum qildi AQŞ Davlat departamenti 1 iyun, payşanba kuni. U bu qarorini “Rossiya Federatsiyasi tomonidan ŞQŞ şartnomasini buziş davom etayotgani” bilan izohladi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2023 yil 28 fevralda Rossiyaning iştirokini töxtatuvçi qonunni imzolaganidan söng, Rossiya şartnomaning uşbu bandi böyiça öz majburiyatlarini bajarişni töxtatganini ta’kidladi. AQŞ Davlat departamenti ta’kidlaşiça, Rossiyaning ŞQŞdagi iştirokini töxtatib qöyişi qonuniy asosga ega emas va şuning uçun Moskva şartnoma böyiça öz majburiyatlari bilan boğlangan.

Bundan taşqari, Vaşington rossiyalik mutaxassislarga tekşiriş uçun berilgan vizalarni va Rossiya közdan keçiruvçi samolyotlariga doimiy diplomatik ruxsatnomalarni bekor qilmoqda. Rossiya, şuningdek, Qöşma Ştatlar tomonidan qit’alararo ballistik raketalar va suvosti kemalarida uçiriladigan ballistik raketalar töğrisidagi telemetrik ma’lumotlar bilan ta’minlanmaydi, ammo AQŞ Moskvani bunday uçirişlar haqida xabardor qilişda davom etadi.

Qöşma Ştatlar Rossiyani qarşi çoralar töğrisida oldindan xabardor qilib, agar Rossiya Federatsiyasi unga rioya qilişga qaytsa, ularni bekor qilişga va şartnomani töliq bajarişga tayyorligini e’lon qildi, deyiladi Davlat departamenti bayonotida.

Mart oyi oxirida Oq uydagi Milliy xavfsizlik kengaşining (MXK) strategik aloqalar böyiça koordinatori Jon Kirbi Vaşington va Moskva özlarining yadroviy qurollari, jumladan, turli bazalardagi yadro kallaklari va bombardimonçi samolyotlari haqida ma’lumot almaşişni töxtatganini aytdi.