Farmonga köra, 2023/2024 öquv yilidan «Sirdaryo tajribasi» asosida har bitta hududda bittadan zamonaviy «Barkamol avlod» bolalar maktablari taşkil qilinadi.

2023-2024 öquv yilidan  bosqiçma-bosqiç maktablarning 1-4-sinflarida öquvçilarga boşlanğiç, 5-9-sinflarida tayanç hamda 10-11-sinf öquvçilarining qiziqiş va qobiliyatiga mos öquv dasturlari va öquv-metodik majmualar joriy etiladi.

Baholaşning yangi tartibi joriy qilinadi. Bunda öquvçining ötilgan mavzuni amaliyotda qöllay olişi, tanqidiy fikrlaş va tahlil könikmalari baholanadi.

Boşlanğiç sinflarda informatika, örta sinflarda esa öquvçilarning moliyaviy savodxonlik darslari ötiladi.

Barça fanlar böyiça amaliy maşğulotlar uluşi 60 foizga yetkaziladi.

2024 yil 1 yanvardan maktabga birinçi marta işga qabul qilinayotgan öqituvçilarni kasbiy sertifikatlaş joriy etiladi.