3 iyun kuni Anqaradagi Turkiya parlamenti binosida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğanning qasamyod qiliş va inauguratsiyasi tantanali marosimi bölib ötdi.

Inauguratsiya marosimi iştirokçilari orasida dunyoning 78 davlati vakillari, jumladan, 20 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari bor edi. Tadbirda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham iştirok etdi.

Turkiya parlamenti muvaqqat raisi Devlet Baxçeli davlat rahbariga prezidentlik saylovidagi ğalabadan dalolat beruvçi hujjatni topşirdi.

Keyin Erdöğan Turkiya xalqiga qasamyod matnini öqib berdi:

«Turkiya prezidenti sifatida tarix va buyuk turk xalqi oldida mamlakat davlatçiligi va mustaqilligi qöriqlaş, Vatan va xalqning ajralmasligini ta’minlaş, daxlsiz suverenitetni himoya qilişga, Konstitutsiya, qonun ustuvorligi, demokratiya, Otaturk ahdlari va merosi, dunyoviy respublika tamoyillariga amal qilişga şaraf va qadr-qimmat bilan qasamyod qilaman. Milliy hamjihatlik va adolat ruhidan kelib çiqqan holda, xalq farovonligi va gullab-yaşnaşini közlab, har bir fuqaro uçun umume’tirof etilgan inson huquq va erkinliklari ğoyasidan çetga çiqmaslikka qasamyod qilaman. Turkiya Respublikasining şa’ni va obrösini himoya qilişga va yuksaltirişga qasamyod qilaman. Menga yuklangan vazifalarni xolis bajariş uçun bor kuçimni işga solaman», dedi u.

Erdöğon inauguratsiya marosimidan söng Turkiya Respublikasi asosçisi Mustafo Kamol Otaturk maqbarasiga gulçambar qöydi.

Tantanali tadbirlar dasturi Erdöğan tabriklarni qabul qiladigan Prezidentlik majmuasida davom etadi.

Şundan söng, Turkiya rahbari Çanqaya qarorgohiga yöl oladi va u yerda oliy martabali mehmonlar şarafiga rasmiy keçki ovqat beriladi.

Tadbirning oxirgi nuqtasi esa Turkiyaning qayta saylangan prezidenti mamlakatning yangi hukumati tarkibini e’lon qiladigan brifing böladi.

28 may kuni bölib ötgan saylovda qaytadan davlat rahbari etib saylangan Prezident Rajab Toyyib Erdöğanning vakolat muddati 2028 yilgaça davom etadi.