AQŞ prokuraturasi sobiq prezident Donald Trampga qarşi iş böyiça ayblov xulosasini e’lon qildi. Siyosatçiga 37 ta band böyiça ayblov qöyilgan. Xususan, u yolğon körsatma beriş, jinoiy til biriktiriş, maxfiy materiallarni saqlaş va yaşirişda gumon qilinmoqda.

Uşbu bandlarning har biri böyiça Tramp katta miqdorda jarima va qamoq jazosiga hukm qilinişi mumkin. Şunga qaramay, u prezidentlikka nomzodini qöya oladi.

Maxfiy materiallar

Tergov ma’lumotlariga köra, Tramp Florida ştati, Mar-a-Lago şahridagi şaxsiy qarorgohida 31 ta maxfiy hujjatni saqlagan. Ular AQŞ yadroviy qurol dasturi tafsilotlarini, AQŞ va uning ittifoqçilarining ehtimoliy zaif tomonlarini hamda AQŞ hujumga uçragan taqdirda javob harakatlari rejalarini aks ettirgan.

«Uşbu maxfiy hujjatlarni oşkor qiliş Qöşma Ştatlar milliy xavfsizligiga, xalqaro munosabatlarga, Qöşma Ştatlar harbiy manbalari va agentlarining xavfsizligiga hamda razvedka ma’lumotlarini yiğişning nozik usullaridan foydalanişda davom etişiga tahdid solişi mumkin», deyiladi iş böyiça tayinlangan maxsus prokuror Jyek Smit xulosasida.

Ortiqça gapirib qöydi

Ayblov xulosasiga köra, Tramp tegişli huquqqa ega bölmagan bir neça kişiga maxfiy hujjatlarni körsatişni rejalaştirgan. Xususan, 2021 yil 21 iyul kuni u yozuvçi, noşir va qöl ostidagi ikki xodimi bilan bu haqda telefonda gaplaşgan. Suhbat davomida sobiq prezident ularga «AQŞ tomonidan bir davlatga hujum qiliş böyiça maxfiy reja» haqida gapirib bergan. Xulosada bu davlatning nomi keltirilmagan, ammo ehtimol gap Eron haqida ketayotgan bölişi mumkin.

Ikkinçi şunday hodisa 2021 yil avgust yoki sentabr oyida sodir bölgan. Şunda Tramp göyoki öz yordamçisiga ma’lum bir davlatning maxfiy xaritasini körsatib, u yerdagi harbiy amaliyot unçalik yaxşi ketmayotganini aytgan.

Hamkorlik qilmadi

Trampga qarşi iş epizodlarining bir qismi tergovga tösqinlik qiliş, yolğon körsatma beriş va tergovçilarni çalğitiş bilan boğliq.

Prokuraturaning da’vo qilişiça, siyosatçi Oq uydan hujjatlarni uyiga olib ketiş uçun şaxsan qutilarga solgan. Keyin federal hokimiyat ularni qaytarib olişga urinayotganda, qutilarning qayerdaligini nazorat qilib turgan.

Bundan taşqari, xulosada aytilişiça, Tramp advokatlarining xabarisiz qutilarni ombordan öz qarorgohiga köçirgan. Aytilişiça, Tramp öz yordamçilariga söroq paytida yolğon gapirişni buyurgan.

Maxsus prokuror Jyek Smit barça amerikaliklar Donald Tramp aynan nimada ayblanayotganini bilişi kerakligini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, gap AQŞ xavfsizligi uçun muhim bölgan qonunlarni buziş haqida ketmoqda. Prokuror sud e’lon qilmagunça Trampni aybdor deb topmaslik kerak degan fikrni aytdi, biroq jarayon tez yakunlanişiga umid qildi.

AQŞ sobiq prezidenti öziga tegişli bölgan Truth ijtimoiy tarmoğida barça ayblovlarni rad qildi. U amaldagi davlat rahbari Jo Bayden ham maxfiy hujjatlarni bir joydan ikkinçi joyga köçirganini da’vo qildi. Tramp, şuningdek, sud tomonidan taqdim qilingan fotosuratlarda qutilar içida gazetalar va şaxsiy fotosuratlar körinib turganini ta’kidladi. Bundan taşqari, u amaldagi prezident Jo Baydenning bölajak prezidentlik saylovlarida öziga asosiy raqib ekanini eslatdi.

AQŞ prezidenti saylovi 2024 yil 5 noyabrda bölib ötadi. Donald Tramp Respublikaçilar partiyasidan asosiy nomzod böliş uçun kuraşmoqda. Jo Bayden Demokratlar partiyasidan nomzodini ilgari surdi.