Toşkent şahrining Çilonzor tumani 19-mavze, Katta Xirmontepa köçasi 56-uy qarşisida yölning qatnov qismi yuqori kuçlanişli elektrkabelda yuzaga kelgan nosozlik tufayli qazilgan.
Toşkent şahar IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabariga köra, qaziş işlarini Çilonzor tumani elektr tarmoqlari tezkor avariya-tiklaş guruhi 16 iyun 15:30 larda amalga oşirgan.
Joriy yilning 16 iyun kuni soat 21:30 larda aynan şu qazilgan joydagi çuqurlikka "Nexia-2" avtomaşinasi tuşib ketgan.
Qayd etilişiça, ta’mirlaş joyi yöl belgilari bilan jihozlangan.
Holat böyiça tan jarohat olganlar haqida navbatçilik qismiga ma’lumot kelib tuşmagan.
















