Samarqand şahri köçalaridan birida harakatlanib ketayotgan Nexia-2 maşinasi boşqaruvni yöqotib Siyob kanaliga tuşib ketgan.

Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2024 yil 7 iyul kuni soat 13:30 lar atrofida sodir bölgan.

Nexia-2 Abdurahmon Jomiy köçasida harakatlanib kelayotganda unda nosozlik kuzatilgan va maşina boşqaruvni yöqotib Siyob kanaliga tuşib ketgan.

Hodisada heç kim tan jarohati olmagan va heç kim vafot etmagan. Maşina FVB tomonidan kanaldan çiqarib olingan.

Qayd etilişiça, hozirda Samarqand şahri böyiça IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki suriştiruv işlari olib borilmoqda.